O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahonda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishmoqda

© uzchess.uzShaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati
Shaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova yuz foizlik natija bilan birinchi o‘rinda bormoqda

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik iqtidor egalari o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishmoqda.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining ma’lum qilishicha, World Schools Blitz musobaqalarida 19 davlatdan 190 nafar o‘quvchi kuch sinashdi. Musobaqalarda uch o‘quvchi birorta ham partiyani yutqazmasdan 6,5 ochkodan jamg‘arishdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 1-o‘rinni turnir favoriti, FIDE ustasi Nodirbek Abdusattorov, ikkinchi o‘rinni turkiyalik o‘quvchi Ozen Bahadir va uchinchi o‘rinni yana bir o‘zbekistonlik Nodirbek Yaqubboyev egalladi.

To‘rt tur natijasiga ko‘ra, 7 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova yuz foizlik natija bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

© uzchess.uzShaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati
Turnir po shaxmatam - Sputnik O‘zbekiston
Shaxmat bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida jahon chempionati

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Humoyun Begmurotov va Humoyun Sindorovlar 1-2-o‘rinlarni egallab turishibdi. Ular beshinchi turda bir-birlariga qarshi dona surishadi.

Uchinchi o‘rinda esa o‘zbekistonlik yana bir bolakay Alixon Avazxonov joylashgan.

O‘z guruhlarida sovrinli o‘rinlarni egallash uchun Odina Olimova, Nozima Valiyeva (7 yoshgacha qizlar), Shaxrombek Karimov va Rofiqjon Usmonov (7 yoshgacha o‘g‘il bolalar), Abdulbosit Sharifjonov, Sulton Tursunov (9 yoshgacha o‘g‘il bolalar), Umida Omonova (11 yoshgacha qizlar), Javohir Sindorov, Olmos Rahmatullayev (11 yoshgacha o‘g‘il bolalar), Dilbar Hamroyeva (13 yoshgacha qizlar) va Asal Salimova (15 yoshgacha qizlar) kurash olib borishadi.

8 dekabr kuni yosh shaxmatchilar beshinchi turda kuch sinashadilar.

Yangiliklar lentasi
0