Video

Mirziyoyev: mintaqa kelajagi Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Umumiy aholisi 70 milliondan ortiq boʻlgan mintaqamizning kelajagi bugungi kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda, deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti

Markaziy Osiyo davlatlari aynan yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida eng dolzarb va muhim masalalarda oʻz salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo boʻyicha "olti diplomatiya" taklifi
Ishonchim komil, bundan barcha — Markaziy Osiyo davlatlari qatorida boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat koʻradi, dedi Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda soʻzlagan nutqi davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

"Umumiy aholisi 70 milliondan ortiq boʻlgan mintaqamizning kelajagi bugungi kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda.

Bizning qatʼiy ishonchimizga koʻra, amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun masʼuliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir", — qoʻshimcha qildi prezident.

Yangiliklar lentasi
0