O‘zbekistonda EIZlar faoliyatida kamchiliklar aniqlandi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGazoturbinnaya elektrostansiya
Gazoturbinnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus komissiya ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda EIZlar faoliyatida ularning rivojlanishiga xalal berayotgan jiddiy kamchilik va xatolar aniqlangan.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tomonidan maxsus tashkil qilingan muassalararo komissiya erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini monitoring qilib jiddiy kamchiliklarni aniqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kichik sanoat zonalarida uchastkalar taqsimoti boshlandi

Xususan, ekspertlar fikriga ko‘ra, ularda loyihalarni tanlab olishga aniq kriteriylar yo‘q. Loyihalarni ko‘rib chiqishda, yaratilayotgan ish o‘rinlari, potensial xorijiy hamkor yoki sarmoyador borligi,  tashqi va ichki bozorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xaridorgirligi, eksport hajmi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi  hisobga olinmayapti.

Undan tashqari, sarmoyaviy loyihalarni tasdiqlash bo‘yicha bugungi kundagi mavjud mexanizm  juda burokratlashgan bo‘lib, loyihalarni tasdiqlashni bir necha yillarga cho‘zib yubormoqda.

Javobgar muassalar kerakli muhandislik-kommunikatsiya va sanoat infratuzilmalarini yaratishga yetarlicha e’tibor berishmayapti. EIZlar ishtirokchilari Respublika mahsulotg‘xom ashyo birjasidan kerakli miqdorda xom-ashyo sotib olishga qiynalishmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha yangi lavozim joriy etdi

Yana bir muammo – to‘g‘ridan-to‘g‘ri, mahalliy yoki xorijiy sarmoyalar evaziga taklif  qilinayotgan loyihalarning ishonchli moliya manbaalari bilan ta’minlanganini tekshiruvchi mexanizmlar yo‘qligidir. EIZlaga biriktirilgan tijorat banklari ushbu muammolarni hal qilishda juda sust ishtirok etmoqda. 

Ishga tushirilgan sanoat quvvatlaridan juda samarasiz foydalanilmoqda, natijada ishlab chiqarish, eksport hajmi ish o‘rinlari soni tasdiqlangan biznes-planlarga to‘g‘ri kelmaydi. 

Shuningdek, mahalliy amaldorlar tomonidan boshqariladigan, paydo bo‘ladigan muammolarni joyida hal qiluvchi samarali mexanizm haligacha yaratilmagan. 

Vaziyatni o‘zgartirish maqsadida davlat rahbari 2017-yilning 1-dekabridan boshlab erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqaruvchi yangi tizimni ishga tushirishga buyruq berdi. U mavjud hududiy komissiyalarni Ma’muriy kengashga aylantiradi. Ma’muriy kengashga viloyatning 10ta yetakchi amaldorlari kirgan bo‘lib, ular paydo bo‘layotgan tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bir yo‘la 7ta yangi iqtisodiy zona tashkil etdi

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev EIZlar Ma’muriy kengashlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiriuvchi Respublika kengashi tashkil qilishni topshirdi. Bu o‘ziga xos bosh organ bo‘lib u umumiy strategiya va yo‘nalishni  tanlashga xizmat qiladi.

Davlat rahbari bosh-vazir Abdulla Aripovga o‘shbu yilning 1-dekabriga qadar, mavjud xom-ashyoviy, yer, suv, qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish va eksport resurslariga hamda ekologik sharoitlarga asosan har bir iqtisodiy hududning sohaviy ixtisosligini aniqlab olishni topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0