Iqtisod

Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha yangi lavozim joriy etdi

© Press-slujba prezidenta RUz / Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soladigan mustahkam qonunchilik va meʼyoriy baza yaratildi, ularni rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashadigan keng koʻlamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar tizimi shakllantirildi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 avgust kuni "Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Qaror matni prezident rasmiy saytida berilgan.

Portfel s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston prezidentining yana bir maslahatchisi tayinlandi

Qarorning 2-bandi bilan EIZ faoliyatining qayd etilgan yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish va kompleks ravishda hal etishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston prezidentining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati tarkibida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha umumiy soni 5 kishidan iborat sektor tashkil qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari zimmasiga quyidagi asosiy vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish masʼuliyati yuklandi:

— vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, EIZ direktsiyasining erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini amaliy muvofiqlashtirishni taʼminlashga doir kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi tayyorlandi

— vakolatli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda har bir erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarini ixtisoslashtirish hamda istiqbolli rivojlantirishga oid yondashuvlar, tamoyillar va aniq dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
— barcha davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi organlar, tijorat banklarining erkin iqtisodiy zonalar hududida belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartib-taomillari qoʻllanilishi boʻyicha huquqiy normalar va qonunchilik qoidalarining soʻzsiz bajarilishi, investitsiya loyihalarini jadal ilgari surish, byurokratik toʻsiq va gʻovlar bartaraf etilishini tizimli nazorat qilish;
— EIZ hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, EIZ ishtirokchisi boʻlgan xoʻjalik subʼyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati samaradorligini muntazam monitoring qilish, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, EIZ direktsiyasining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobotlarini doimiy eshitish.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Shavkat Toʻlaganov tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0