Mirziyoyev bir yo‘la 7ta yangi iqtisodiy zona tashkil etdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning ushbu yangi farmonidadan keyin joriy yil 12-yanvarida "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmonning 5-bandining birinchi xatboshi hamda 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotdi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo‘stonliq-farm" va "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.

shafran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 23ta tumanida za’faron plantatsiyalari tashkil etiladi
Hujjatda qayd etilishicha, farmon respublika farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dorivor o‘simliklar xomashosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to‘ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Bu Farmon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va respublika aholisi daromadlarini oshirishga yordam berishi ta’kidlangan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi loyihalari bilan tanishdi
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti bilan birgalikda "O‘zfarmsanoat" DAKga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sanoat plantatsiyalari tashkil qilish uchun dorivor o‘simlik turlari ro‘yxatini, shuningdek, mahalliy dorivor o‘simliklar xomashosidan foydalangan holda dorivor moddalar (substansiyalar) va dori vositalari ishlab chiqish sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar natijalarini tizimli ravishda taqdim etib boradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan EIZ hududlarida yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirgan yoki yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish ishtirokchilari, "Nukus-farm" EIZ, "Zomin-farm" EIZ, "Kosonsoy-farm" EIZ, "Sirdaryo-farm" EIZ, "Boysun-farm" EIZ, "Bo‘stonliq-farm" EIZ va "Parkent-farm" EIZ bilan tuzilgan shartnomalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar "Qizil kitob"ga kiritilmagan hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi o‘sadigan o‘simliklar tayyorlagani (to‘plagani) uchun undiriladigan to‘lov tabiiy muhitdan olingan yovvoyi o‘simliklar (yalang‘och qizilmiyadan tashqari)ga belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0