O‘zbekistonda kichik sanoat zonalarida uchastkalar taqsimoti boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVesennie polevie raboti na polyax
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining har bir tuman va shaharlarida 19 ta kichik sanoat zonalari yaratiladi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekistonda kichik sanoat zonalarida uchastkalar taqsimoti boshlandi.

Ushbu zonalarda ko‘chmas mulk obyektlari 10-yillik ijaraga beriladi. Belgilangan muddatdan so‘ng tadbirkor ushbu yerni xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib olishi mumkin, ko‘chmas mulk kadastr organlarida bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha yangi lavozim joriy etdi
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari respublikada mavjud soliq turlaridagi jamiki imtiyozlardan foydalanadilar.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik ishi bilan shug‘ullanishni ahd qilgan fuqarolar kichik sanoat zonalarida o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun biznes-loyihalari bilan tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

Toshkent viloyati hokimiyati — 232-80-78

Toshkent viloyati prokuraturasi — 230-10-07

Toshkent viloyati raqobat boshqarmasi — 230-41-68

Toshkent viloyati Savdo-sanoat palatasi — 202-16 —16, 202-21-21

Yangiliklar lentasi
0