O‘zbekistonda asal yetishtirishni 50 foizga ko‘paytirish rejalashtirilgan

© © Inna Rak. Iz lichnogo arxiva.Svejiy med na stole gotov k degustatsii pchelovodami.
Svejiy med na stole gotov k degustatsii pchelovodami. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asalarichilik tarmog‘idagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida 16-oktabr kuni O‘zbekiston prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi 5-yil ichida asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017-yildagi 15,4 ming tonnadan 2021-yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etiladi

Joriy yil 16-oktabr kuni prezident asal yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan 2017-2021 yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda asalarichilik sohasida 12 mingdan ortiq tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholining asal mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2016-yilda 12 ming tonna asal yetishtirildi. Bu 2015-yilga nisbatan 1,2 marta ko‘pdir.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, asal yetishtirish tarmog‘ida qator muammolar mavjud. Jumladan, asalari oilalarining mahsuldorligi 20 kilogrammdan oshmaydi, bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ham pastdir. Asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, asal yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish va yuqori texnologik usullaridan foydalanish masalalariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Ferganskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik o‘quv-markazida bo‘ldi

Vaziyatni o‘zgartirish maqsadida "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasini tashkil etildi. Uyushma asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifalari bilan shug‘ullanadi.

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 13 ta doimiy vakil kiritildi. "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasining "Apimondiya" xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lishi nazarda tutilgan.

Kadrlar masalasi ham chetda qolmadi. Asalarichilik sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash maqsadida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan.

Baliq xo‘jaligi - Sputnik O‘zbekiston
Baliq va asal ishlab chiqarish hajmi ikki baravar oshadi
AT "Aloqabank" huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida lizing kompaniyasi tashkil etiladi, unga tijorat banklari kreditlari va lizing kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan asalari uyalari, ular uchun zarur jihozlar, anjomlarni va asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalni qadoqlash texnologik liniyalari va boshqa lizing obyektlarini lizing asosida yetkazib berish vazifasi yuklatilgan.

Asalarichilik xo‘jaliklari tomonidan asal yig‘ish mavsumi davomida o‘rmon fondi yerlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan, tog‘ va tog‘oldi hududlaridan, tabiiy pichanzor va yaylovlardan hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasiga a’zo tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar, asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashuvchi maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‘och va zarur materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mumparda va mum mahsulotlarini 2023-yil 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etish bo‘yicha imtiyoz berildi.

Yangiliklar lentasi
0