Baliq va asal ishlab chiqarish hajmi ikki baravar oshadi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishBaliq xo‘jaligi
Baliq xo‘jaligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin 3-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi yiliga 6% dan oshirib boriladi.

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 2020-yilga kelib O‘zbekistonqishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmni  bugungi 20 mln tonnadan 26 mln tonnaga yetkizadi, dedi  Sputnik muxbiriga "O‘zbekozikovkatxolding" vakili.

Kelajak 5-yil davomida meva-sabzavot ishlab chiqarish hajmi yiliga 6%dan oshirib borish rejalashtirilgan, lekin eng ko‘p miqdorda o‘sish — baliq va asal hisobian bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu mahsulotlari hajmi kelayotgan 5-yil davomida ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda.

"Bu yil fermerlar 20 mln tonna meva-sabzavot, 9,5 mln tonna sut, 2 mln tonna go‘sht, ishlab chiqarishdi. Bizda ushbu mahsulotlar hajmini oshirishga imkon bor. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ushbu mahsulotlarga qo‘shni mamlakatlar va Rossiyada ham talab bor", — dedi xolding vakili.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida 9700 korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1500ga yaqini go‘sht va sut mahsulotlarini, 1300ga yaqini meva sabzavot mahsulotlarini va 1137tasi qandolat mahsulotlarini qayta ishlash korxonlaridir. 108 ta yog‘-moy kombinatlari va 5700 boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor.

Yangiliklar lentasi
0