Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik o‘quv-markazida bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Ferganskuyu oblast
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Ferganskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘quv-markazida amaliyot o‘tayotgan kollej o‘quvchilari bilan Farg‘ona asalarichilik tarixi, asalning shifobaxsh xususiyatlari, ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Farg‘ona davlat universitetida asalarichilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerak. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslarini o‘rgatadigan muassasa tashkil qilinsa, boshqa viloyatlardan ham yoshlar o‘qishga keladi, — dedi prezident uchrashuv davomida.

Shuningdek, prezident, davlatlar, xususan, AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi. "O‘zbekiston – AQSh qo‘shma korxonasi tashkil qilinib, ikki mamlakatning yetakchi mutaxassislari doimo tajriba almashib turishi kerak", — dedi prezident.

Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga keldi: prezident xalq bilan muloqot qiladi

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 1000 dan ortiq asalarichilik subyekti ro‘yxatga olingan. Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

Undan keyin Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari ishlab chiqarish sexida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi. Shu yerda Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.  Taqdimotda, Qo‘shtepa tumanida tashkil qilingan 2 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi haqida ma’lumot berildi.

Yangiliklar lentasi
0