TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident qaroriga tayangan holda.
Yangi tuzilma bir qator kichik biznes sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Masalan, tijorat banklarga pul mablag‘lar ajratadi, jumladan, chet el kredit tarmoqlarni jalb qilish, kelgusida tadbirkorlarning qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma bank kreditlarining umumiy miqdoridan 50 foizgacha, 500 ming dollardan ortiq bo‘lmagan miqdorda kichik tadbirkorlik subyektlariga kafolat taqdim etadi. Shuningdek, kreditlar bo‘yicha foiz harajatlarini to‘lash maqsadida 1 mln dollardan ortiq bo‘lmagan holatlarda kompensatsiyalar taqdim etadi.
Eng qiziq bo‘lgan tomoni shundaki, jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi, zamonaviy va yuqori samarali bo‘lgan issiqxonalarni tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyon ko‘paytirish, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilik hamda intensiv bog‘larni rivojlantirish uchun moliyatlashtiriladi.
Jamg‘armaning moliyaviy bazasi Toshkentdagi kichik sanoat zonalarning kafolat jamg‘armasi va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi hisobidan 50 mln dollar va 100 mlrd so‘m shakllanadi. Shuningdek, tuzilma yillik budjet to‘lovlarini oladi. Bu yilda sal kam 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
Jamg‘armaning yana bir moliyaviy manbasi Markaziy bankdir. U har yili o‘zining daromadlarining bir qismini yangi tuzilmaga o‘tkazib beradi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va donorlarning grand va kreditlar hisobidan shakllanadi.