TOShKENT, 17 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Xuddi shunday holat maktab ta’lim tizimida sodir bo‘ldi. Shu yil iyun oyi o‘rtasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi umumta’lim maktabidagi sharoitlar bilan tanishgan chog‘ida O‘zbekistonda 11-yillik ta’limni qayta tiklash taklifini olg‘a surgandi.
Ushbu tajriba butun mamlakat bo‘ylab tezkorlik bilan tarqalib ketdi. Respublika bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ota-onalarning ushbu masala yuzasidan fikri o‘rganilgan edi. (Ko‘pchilik eski ko‘p bosqichli tizimdan voz kechishga ovoz berdi).
Hukumat yangi shakldagi maktablarni tashkil etish loyihasiga kirishgan bo‘lsa, Xalq ta’lim vazirligi esa litseylar sonini qisqartirishni boshladi.
Oliy va o‘rta ta’lim vaziri Inom Majidov 2-avgust kuni 144 ta litseylardan 67 ta qoldirish fikrini bildirdi. Vazir so‘zlariga ko‘ra, bunday yondoshuv ta’lim muassasalar bilan universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida qilinmoqda.
"Biz endi har bir oliygohga faqatgina bitta litsey biriktirilishidan kelib chiqmoqdamiz. Mamlakatda 60 oliygohlar mavjud, bu 60 litsey bo‘ladi degani. Bundan tashqari, ayrim xorijiy oliygohlar, shulardan RDUning Gubkin nomidagi neft va gaz filiali, Xalqaro Vestminster va Turin politexnika universitetlari va boshqa ayrim oliygohlar o‘z litseylariga ega emas. Ularning soni 7 tani tashkil qiladi, yuqoridagi raqamlar mana shundan kelib chiqqan", — degan vazir.
Hukumat tomonidan nafaqat litseylar soni qisqartildi, balki o‘qish muddati ham qisqartirildi. Endi shu shakldagi muassasalarda talabalar 3-yil o‘rniga 2-yil ta’lim oladilar.
Shunday bo‘lsa ham, o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli 11-yillik ta’limga tezlik bilan o‘tib bo‘lmaydi. Kadrlar yetishmasligi muammosi sentabr oyida yuz bergan mojaro dolzarb ekanligini namoyon qildi. Ushbu mojaro darslar ayrim hollarda kutubxonachi, farrosh bo‘lib ishlayotgan xodimlar yoki katta sinf o‘quvchilar tomonidan olib borilganligi bo‘yicha yuzaga kelgan.
O‘qituvchilarning yetishmasligi 10 va 11 sinflarni tashkil etilishi bilan yuzaga kelganligini Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ta’kidladi. Ushbu islohot tufayli qo‘shimcha tarzda 22 ming o‘qituvchilarni ishga olish ehtiyoji yuzaga keldi. Faqat litsey xodimlarni qisqartirish hisobiga yuzaga kelgan ehtiyojni to‘ldirib bo‘lmaydi, ushbu ish o‘rinlarni oliygoh bitiruvchilari bilan ham to‘ldirish kerak bo‘ladi.
O‘qituvchilar sonini ko‘paytirish qayta tayyorlash dasturi hisobidan amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Joriy yil avgust oyida prezident pedagogik yo‘nalishi bo‘yicha 15 ta oliy ta’lim muassasalarida sirtqi bo‘limlarni ochilishi haqida qaror imzolangandi.
O‘qituvchilar sifati va soni bilan bog‘liq muammolardan tashqari sinf xonalar yetishmasligi muammosi ham bor. Shuning uchun ko‘p maktablarda ikkinchi smenalar joriy etishgan.
O‘qituvchini o‘qit
Respublikada yangi o‘qituvchi kadrlar tayyorlashdan tashqari, ishlayotgan o‘qituvchilarning malakasini oshirishga astoydil kirishish ham nazarda tutilgan. Bugungi kunda, mansabdor shaxslar fikriga ko‘ra, o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot ishlar bilan kam shug‘ullanadi. Ularning o‘qituvchilik faoliyatlarini baholab bo‘lmaydi.
O‘qituvchilar uchun qo‘shimcha ta’limini takomillashtirish maqsadida hukumat tomonidan qayta tayyorlash malaka oshirish bo‘yicha maxsus mintaqaviy o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilingandi.
Yangi tarkibiy tuzilma Toshkent davlat pedagogika universitetiga bo‘ysunib, uning asosiy oliygohi bo‘ladi.
Xalq ta’lim vazirligi faoliyatining yana bir yo‘nalishi — bu poraxo‘rlik va ta’magirlik bilan kurashishdir. O‘quv yili boshlanishidan avval Xalq ta’limi vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Kenjayevning fikriga ko‘ra, "maktab ehtiyojlari" uchun pul yig‘ishlarga qarshi kurashishga ota-onalarni chaqirgandi.
Biroq, Dilshod Kenjayev ushbu masalada aybni direktor va o‘qituvchilarga emas, balki ota-onalar qo‘mitalariga to‘nkagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "qulay" shart-sharoitlarni yaratish uchun mablag‘larni maktab xodimlari tomonidan emas, balki ota-onalar tashabbusi bilan yig‘ilayapti.
Lekin, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni shuni ko‘rsatdiki, ta’lim tizimidagi korrupsiyaning asosiy ildizi bu o‘qishga kirish imtixonlaridir. Shu yil yozida respublikaning IIV va MXX xodimlari tomonidan talabalikka pora evaziga kiritib qo‘yishga harakat qilgan institut va universitet xodimlarini "pachkalab" qo‘lga oldilar. "Bunkerlar" ochilishi va topshiriqlarni pul evaziga yechib berilishi o‘qituvchilar bilan alohida janjallarni keltirib chiqargandi.
Ushbu muammoni keskin usul bilan hal qilishga qaror qilindi. Ya’ni eski tizimdan mutlaqo voz kechib, har bir oliygoh o‘zining qabulini tashkil etadigan bo‘ldi. Endi butun respublika bo‘yicha Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlari singari markazlashgan holda topshiriladigan Yagona davlat imtihonlar joriy etiladi.
Maktab bog‘chadan boshlanadi
Maktab yoshigacha bo‘lganlar ham chetda qolmadi. Yosh bolalarni tarbiyalash va bog‘chalar ish faoliyati bilan alohida vazirlik shug‘ullanadi. Xalq ta’limi vazirligining vakolatlarning bir qismini yangi davlat tuzilmasiga o‘tkazib berildi.
Bolalarni bog‘chalarga qabul qilish yoshini 2 yoshdan 3 yoshgacha ko‘tarishdi. Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning fikriga ko‘ra, 3 yoshdan bog‘chaga qabul qilish — jahon yetakchi amaliyotlariga to‘liq javob beradigan eng maqbul qarordir.
"Barcha rivojlangan mamlakatlarda bog‘chalarga qabul qilish yoshi 3 yoshdan boshlanadi. 3 yoshgacha bolalar ko‘p kasal bo‘ladilar va jamoat joylariga qiyinchilik bilan ko‘nadilar. Shu yoshdagi bolalar bilan ta’lim va tarbiyasi ota-onalari bilan birgalikda uyda o‘tkazishsa maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv ijobiy natijalarni bermoqda", — deb ta’kidladi vazir.
Kelgusi vaqtlarda bog‘chalar soni oshirish rejalashtirilmoqda. Respublikada 50 ta yangi maktabgacha tarbiya muassasalari ochiladi. Shuningdek, 1167 ta bog‘chalar qayta va 983 tasi kapital ta’mirlanadi.
Endi bolalarni tarbiyalash va maktabga tayyorlash nafaqat davlatga suyanish kerak bo‘ladi. 2018-yilda O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar tashkil etilishi mumkin. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham joriy etiladi.
Islohotlarning natijadorligi haqida bir necha yillardan so‘ng, ya’ni 11 sinflarini birinchi bitiruvchilari chiqqan paytda sarhisob qilsa bo‘ladi. Xususiy maktablar va yangi bog‘chalar tizimi esa bir necha o‘n yil vaqt o‘tgandan so‘ng birinchi natijalarini baholash mumkin bo‘ladi.