TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Toshkent shahrida Rossiyaning fan va madaniyat markazida Sankt-peterburgdagi V.I.Ulyanov (Lenin) nomidagi davlat elektrotexnik universiteti (LETI)ning taqdimoti o‘tkazildi.
"Ushbu oliygoh Rossiyaning eng yetakchi texnik oliygohlari ro‘yxatiga kiradi. Oliygoh taqdimoti — Rossiyaning fan va madaniyat markazi ish faoliyatining davomi hisoblanib, O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiyaning eng yaxshi ta’lim amaliyotlari taqdim etilgan", — deb ta’kidladi Rossiya hamkorlik rahbari Viktor Shulik.
Taqdimot anjumani davomida universitet gumanitar fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari Aleksey Ranchin tomonidan "Turli ishlab chiqarishlarni taqdim etishda rejisserlik-psixologik yondoshuv" mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Sankt-peterburg davlat elektrotexnik universitet O‘zbekiston bilan 3-yil avval o‘z hamkorligini boshlagandi. O‘zbekiston talabalari rus tilini yaxshi bilishi, fizika va matematika fanlardan yuqori bilimlarga egaligi — hamkorlik qilish bo‘yicha qaror qabul qilinishida muhim rol o‘ynadi.
Bugungi kunda oliygohda 50 yaqin o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ulardan 18 nafari Rossiyaning budjet mablag‘lari hisobidan tahsil olmoqda.
Universitetitda ta’lim "Elektrotexnika va nanoelektronika", "Elektrotexnika va energetika", mexatronika, robototexnika, moliyaviy va gumanitar fanlar yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Univertitet talabalari kelgusida O‘zbekistonda jadal ravishda rivojlanayotgan sohalarga kerakli bo‘lgan mutaxassislar bo‘lib yetishadilar.