Shavkat Mirziyoyev Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etdi

© Press-slujba prezidenta RTPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi vazifalaridan biri madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashishga yordam berishdan iborat bo‘ladi

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar qildi mahalliy OAV.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar
Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

"O‘zbekkonsert" davlat muassasasi faoliyatini ta’minlash;

moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bog‘liq jihatlarni namoyish etish;

Bloger Mirzo Subxanov - Sputnik O‘zbekiston
Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekovga: siz san’atkormi yoki tadbirkor?

madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;

xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish;

xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablag‘ va ko‘mak berish;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta’mirlash;

xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta’minlash;

jahondagi ilg‘or tajribalarni mamlakatda joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz
aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmini va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlari fondiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablag‘larni jamg‘arishni ta’minlash;

ajratilayotgan maqsadli mablag‘lardan to‘g‘ri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat o‘rnatish;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tadbirlar uchun maqsadli mablag‘lar ajratish.

Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlardan ozod qilingan.

Yangiliklar lentasi
0