Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekovga: siz san’atkormi yoki tadbirkor?

© Iz lichnogo arxiva blogera Mirzo SubxanovaBloger Mirzo Subxanov
Bloger Mirzo Subxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq "O‘zbekkonsert" "Qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusida san’atkorlar bilan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Tadbir davomida Ozodbek Nazarbekov sanatkorlarni mansabdorlar umuman hurmat qilmasligi hamda artistlar xizmatidan bepul foydalanib kelinayotganligi haqida so‘zladi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekov tomonidan "O‘zbekkonsert" yig‘ilishida aytilgan fikrlarga o‘z noroziligini bildirdi.

Amfiteatr - Sputnik O‘zbekiston
Insofga kelmagan estrada xonandalari san’atkorlar safidan chiqariladi
"2017 yil 2-iyun O‘zbekiston san’ati tarixiga zarvaraqlar bilan yoziladigan bo‘ldi. Kelajakda bu kunni o‘zbek san’atkorlari kasb bayram sifatida nishonlashsa ajabmas. Bu kunda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk marotaba "san’atkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni" talab qilib chiqdi", deb yozadi o‘z blogida Subxanov.

Qayd etilishicha, Ozodbek yillar mobaynida san’atkorlar Davlat tashkilotlari tomonidan hurmatsizlikka uchrab kelishayotgani va san’atkorlar xizmatidan bepul foydalanib kelinayotganini iddao qilib, kelgusida bu narsaga chidab bo‘lmasligi va Davlat tadbirlarida faqat pullik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kerakligini ham aytib o‘tgan. Ozodbekning bu talabi boshqa san’atkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.

© 1news.uzO‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov
Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov

Bloger xalq artistining bu so‘zlariga javoban: "Nahotki shuncha yillar davomida "xo‘rlanib" kelgan san’atkorlar faqat bugun bu masalani ko‘tarib chiqdilar?! Bunga nima sabab bo‘ldi?", deya savol tashlagan. Hamda "balki bunga oxirgi paytlarda Ozodbek Nazarbekovni odamlar to‘ylarga kamroq chaqirayotgani sababdir. Yoki san’atkorlar Davlat tadbirlarida pul ko‘chirish yo‘li bilan qatnashib, o‘zlarining moliyaviy holatini o‘nglab olmoqchimi", deb ta’kidlagan.

Umuman olganda o‘z fikrlarimni birovni pulini sanash uchun bildirayotganim yo‘q, deya davom etadi Subxanov.

"Shaxsan menga tinchlik bermayotgan savol: "Nega Ozodbek Davlat tashkilotlari, xususan Prokuraturani umumiy yomonladi?". Yuridik jixatdan uning bu harakatlari "Davlat organlariga asossiz ravishda ochiqdan-ochiq behurmatlik va tuhmat qilish", deb baholanishi mumkin. Bu esa ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng bloger xalq artistiga o‘z murojaatini bayon etgan.

"Hurmatli fukaro O. Nazarbekov! Agar Sizni Davlat tashkilotlari mansabdor shaxslaridan kimdir xafa qilgan bo‘lsa ham, Siz umumiy bir Davlat organini ayblashga xaqqingiz yo‘q! Sizni xafa qilgan mansabdor shaxslarning ism-familiyasini ayting, isbot keltiring, aks holda Sizning mish-mishchidan farqingiz qolmaydi.

O‘ylab ko‘ring, Sizdek nufuzga ega odam "prokuratura yomon" desa, oddiy xalqning Davlatga bo‘lgan hurmati pasaymaydimi?

Prokuratura korporativiga boribsiz, pul so‘rashga uyalibsiz, nega vaqt o‘tgach ular yomon siz yaxshi bo‘lishingiz kerak?

Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi
Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi - Sputnik O‘zbekiston
Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi

Davlat tadbirlarida qatnashish uchun oldindan bank hisob raqamingizga to‘lov qilishni taklif etdingiz. Ammo nima uchun kuniga bitta avtomobil sotib olsa bo‘ladigan pulga teng, noqonuniy valyutada to‘ylardan keladigan tushumni boshqa tadbirkorlar singari bankka topshirmaysiz? Axir har qanday tadbirkor, soliqdan ozod bo‘lsa ham, tadbirkorlikdan kelgan kunlik naqd pul tushumini bankka topshirishi shartmasmi? Nakd pul bo‘yicha Markaziy bankda kariyb har kuni majlis o‘tkazilishidan sizning xabaringiz yo‘q bo‘lsa kerak, tushunishimcha.

Xonanda Lola Yo‘ldosheva - Sputnik O‘zbekiston
Shou-biznesmas, to‘y-biznes: Lola Yo‘ldosheva o‘zbek san’atkorlarini tanqid qildi

Hurmatli ustoz san’atkorlarimizdan biri Munojot Yo‘lchiyeva to‘ylarga chiqishni o‘zlariga ep ko‘rmas ekanlar. Hattoki konservatoriyaga ko‘p paytlarda jamoat transportida yetib olar ekanlar. Mana sizga san’atkor va "tadbirkor"ning farqi.

Davlat bayramlari bu avvalambor xalqimizning xursandchilik kuni. Ko‘plab ustoz va yangi umidli san’atkorlar bu xursandchilikni xalk bilan birga kutib olishni orzu qilib yuradilar. Ularga pulning ahamiyati yo‘q.

Sizga qolsa keyingi "O‘zbekkonsert" majlislarida "Mustakillik bayramida odamlar nega san’atkorga pul qistirmaydi?" deb, shu an’anani joriy etsangiz, ajabmas.

Tarixda halol mehnat qilib topilgan pulni yerga sochish va odamlarga qistirishni ham o‘sha paytdagi "tadbirkor" san’atkorlar o‘ylab topishgan.

San’atkorlar! Davringiz o‘tib ketmokda, ovoz borida gapirib olinglar, deb qolaman".

Muallif fikri tahririyat nuqtayi-nazari bilan mos tushmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0