2018 yilga kelib Rossiya O‘zbekistonga dorilarning eksport hajmini 60 mln $ga yetkazadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish – ikki davlat o‘rtasidagi eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 2018-yil oxiriga kelib Rossiya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalari mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilish hajmini 60 mln $ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmon taqchilligi va uning narxi o‘sishi muammosi hal qilindi

"Bu yilda O‘zbekistonning ushbu turdagi mahsulotlar importi umumiy hajmi 525 mln dollarni tashkil qilgan, shundan Rossiyadan 50 mln dollarlik dori vositalari jo‘natilgan. Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatkichlar barqaror ko‘payishi hisobiga 2017-yilda Rossiya 56 mln dollarlik dori vositalarini eksport qilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda esa ushbu ko‘rsatkichni 60 mln dollardan oshirish ko‘zda tutilgan", — deb ta’kidladi Rossiya savdo vakolatxonasidagi manba.

Bu ko‘rsatkichlarga hamkorlikdagi bir qator loyihalar hisobiga erishish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2016-yil ikkinchi yarmida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi (hozirgi Tashqi savdo vazirligi) Rossiya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalarni yanada ko‘paytirishdan manfaatdorligini ma’lum qilgan edi.

Tabletki v kolbax - Sputnik O‘zbekiston
Rostex O‘zbekistonga dori va tibbiyot anjomlari yetkazib beradi

Ushbu maqsadlar Toshkentda fevral oyida o‘tkazilgan 18-chi Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, shu yil Rossiyaning Moskva, Tatariston, Novosibirsk, Sverdlovsk, Razan viloyatlarida faoliyat ko‘rsatuvchi farmatsevtik korxonalarning O‘zbekistonga tashrifi davomida bu kelishuvlarga erishilgan.

"Rossiya ishlab chiqaruvchilari Toshkentda xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazishdi. Natijada O‘zbekistonga Rossiya mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shu bilan bir qatorda qo‘shma korxonalar ochishga manfaatdorlik borligi aniqlandi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Lekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligiga 300 mlrd so‘m foizsiz budjet ssudasi beriladi

Ilgariroq eksport jo‘natmalarini oshirish bo‘yicha Rossiyaning "Farmstandart" kompaniyasi bilan hamkorlik qilish memorandumi imzolangandi. Hujjatning asosiy maqsadi uch yil mobaynida dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va ishonchli manfaatli hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yishdir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi vakolatxona 2017-yil sentabr oxirida davlat tibbiyot muassasalariga ijtimoiy muhim bo‘lgan dori va tibbiyot vositalarini xarid qilinishi uchun qo‘shimcha 240 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Bundan tashqari, zaruriyatdan kelib chiqqan holda Moliya vazirligi tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha foizsiz 300 mlrd so‘mlik uzoq muddatli budjet mablag‘i ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0