Sog‘liqni saqlash vazirligiga 300 mlrd so‘m foizsiz budjet ssudasi beriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi
Lekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi "Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror qabul qildi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari bo‘yicha transh tarzida ochiladigan 300 milliard so‘m miqdorida foizsiz budjet ssudasi beriladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston ombudsmani sayti.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

Xabarda aytilishicha, zarurat tug‘ilgan taqdirda yil oxirigacha vazirlikka davlat tibbiyot tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishi uchun 240 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratiladi.

O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirligi "O‘zmedeksport" ustav fondiga hissa tarzida 3 milliard so‘m ajratadi.

Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qo‘llagan holda amalga oshirishi ham belgilab qo‘yildi: ulgurji sotish uchun xarid qilish qiymatining 15 foizi miqdorida, sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun ulgurji narxning 20 foizi miqdorida.

Mazkur qarorning qabul qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va narx-navoning oshishiga olib keluvchi omillarning shakllanishi yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0