Dori-darmon taqchilligi va uning narxi o‘sishi muammosi hal qilindi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishRabota farmatsevticheskogo predpriyatiya "Oblastnoy aptechniy sklad" v gorode Chelyabinske
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish istisno tariqasida «O‘zmedeksport” davlat tashqi iqtisodiy korxonasi shug‘ullanadi.

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. O‘zbekiston hukumati aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta’minlash, sun’iy taqchillik va narxlarning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2017-yil 1-avgustidan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish, istisno tariqasida, “O‘zmedeksport respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi zimmasiga yuklatilgan.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

“O‘zmedeksport” – dori vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika Nazorat komissiyasi tasdiqlagan narxlarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, tender savdolari o‘tkazilmasdan sotib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Ilgari xorijdan xarid qilinayotgan dori vositalari to yurtimizga kiritilib, dorixonalarga tarqatilguniga qadar bir necha bosqichlardan o‘tardi. Natijada ortiqcha rasmiyatchiliklar sabab, zarur dori belgilangan muddatidan kechikib yetib kelardi va ayrim muhim dorilar taqchillik hollari paydo bo‘lardi.

Undan tashqari, kecha O‘zbekiston —Rossiya biznes forumi doirasida “O‘zmedeksport” Rossiya Federatsiyasining “Farmstandart” aksiyadorlik jamiyati bilan uch yillik o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

“Farmstandart” AJ Rossiyaning eng yirik farmatsevtik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya 9 farmatsevtika zavodiga ega bo‘lib, yiliga 17 mlrd. o‘ramada dorilar ishlab chiqaradi.  

Yangiliklar lentasi
0