TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rostex davlat korporatsiyasi O‘zbekistonga dori va tibbiyot anjomlari yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
"Natsimbio" milliy immunobiologiya kompaniyasi va "O‘zmedeksport" Respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi o‘rtasida tegishli kelishuv imzolandi.
"Kompaniyalar eksport bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi, ustuvor loyihalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi hamda innovatsion texnologiyalar va mahsulotlar uchun mos sharoitlar yaratadi", — deyiladi kompaniya xabarida.
Hozirda O‘zbekiston hududida Rossiyada ishlab chiqariladigan 768 dori vositasi sotiladi.