BMT myanmalik musulmonlarga nega hujum uyushtirilgani haqida bayonot berdi

© FRED DUFOUR / AFPBejensi roxindja posle visadki na beregu goroda Teknaf, Bangladesh
Bejensi roxindja posle visadki na beregu goroda Teknaf, Bangladesh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Myanma harbiylari qurollangan buddistlar bilan birgalikda amalga oshirgan hariy operatsiya vaqtida nafaqat turar joylar, balki ekinlar, omborxonalar va hatto daraxtlarga o‘t qo‘yishgan. Bularning barchasi myanmalik musulmonlar hech qachon qayta olmasliklari uchun qilingan

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Myanmadagi roxinya xalqlariga hujum o‘ta puxta tashkillashtirilgan — ushbu harakatlar odamlarni mamlakatga qaytib kelmaydigan qilib chiqarib yuborishga qaratilgan, deyiladi inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari idorasining bir guruh ekspertlari tomonidan chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotda.

Qochoqlar Bangladesh-Myanma chegarasini kesib o‘tishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Myanmadagi qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuboradi - TIV bayonoti
BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlari ekspertlari 14-24 sentabr oralig‘ida Bangladeshning Koks-Bozorida 65ta so‘rov o‘tkazishgan. Mazkur bayonot ushbu so‘rov asosida tayyorlangan. Ekspertlar Myanmada bo‘lishmagan, deb yozadi RIA Novosti.

Hujjatga ko‘ra, shimoliy Rakxayn shtatida roxinyalarga qarashli xususiy mulklar, uylar va qishloqlarning yo‘q qilinishi usullari — bu tadbir puxta tashkillashtirilganidan dalolat beradi. Ekspertlar, qochqinlar orasida o‘tkazilgan so‘rovdan so‘ng, politsiya uchastkalari va shtatdagi harbiylar shtab-kvartiralariga Roxinya musulmonlari tomonidan qisqa vaqtlik hujum uyushtirilishiga javoban butun boshli qishloq yo‘q qilinishi mumkinmas, degan xulosaga kelishgan.

Ekspertlarga ko‘ra, Myanma qurollangan kuchlari roxinya xalqi vakillarini, toki ularda qaytib kelish istagi qaytib tug‘ilmasligi uchun, ataydan qo‘rqitishgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: musulmon birodarlarimiz Myanmada o‘ta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda

Chop etilgan ma’lumotga ko‘ra, Myanma harbiylari Shimoliy Rakxaynda istiqomat qiluvchi qurollangan buddistlar bilan kelishgan holda harakat qilishgan.

Operatsiya vaqtida nafaqat turar joylar, balki ekinlar, omborxonalar va hatto daraxtlarga ham o‘t qo‘yilgan. Bularning barchasi roxinyalar hech qachon qayta olmasliklari uchun qilingan.

So‘rovda qatnashgan qochqinlarning aksariyati, harbiylar ovoz karnaylari orqali roxinyalarni Myanmani tark etishga chaqirganliklarini aytishgan. Guvohlar, deyiladi bayonotda, jinsiy zo‘ravonliklar, kuch ishlatishlar, ommaviy qirg‘in-barot, shu jumladan, portlashlar, yong‘inlar va daydi o‘qlar tufayli halok bo‘lgan insonlar haqida gapirishgan. Qayd etilishicha, Myanma harbiylari roxinya musulmonlari imomlari va o‘qituvchilariga qasddan hujumlar uyushtirganlar.

Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy nega Myanmani qo‘llab-quvvatlamoqda
BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlari "Shimoliy Rakxaynda qolayotgan yuz minglab roxinyalar taqdiridan" qattiq tashvishlangan holda, Myanma hukumatini insonparvarlik tashkilotlari va inson huquqlari sohasida ekspertlar uchun ziyon yetkazilgan hududlarga zudlik bilan yo‘l ochib berishga chaqirmoqda.

Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 25-avgustda boshlangan operatsiyadan buyon Myanmadan Bangladeshga 519 ming nafar roxinya musulmonlari kelishgan. Ularning hammasi qochqinlar uchun tashkil etilgan ikkita lagerlarga joylashtirilgan. Lagerlardan biri Koks-Bozorda tashkil etilgan. Bangladeshdagi roxinya qochqinlari soni ayni vaqtda 731 ming nafarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0