Xitoy nega Myanmani qo‘llab-quvvatlamoqda

© REUTERSGranitsa Bangladesh-Myanma
Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Myanma Xitoy va AQSh uchun qanday geosiyosiy ahamiyat kasb etishi va nima sababdan Xitoyning Myanma hukumatini qo‘llab-quvvatlashi "Islom davlati"dan kelayotgan tahdidlardan darak beradi. Ekspertlar fikri.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Xitoy Myanma hukumatiga diplomatik va ma’naviy-siyosiy ko‘mak berishni kuchaytirmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida Bangladeshdagi qo‘shni davlatdan kelgan musulmon qochqinlarga insonparvarlik yordamini ham yubormoqda. Sputnik Xitoy xabariga asosan.

Myanmadagi qochqinlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIVda myanmalik qochqin musulmonlar taqdiri muhokama qilindi

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, roxinya inqirozi Xitoyning Manmadagi iqtisodiy manfaatlariga jiddiy muammolar olib keladi va terrorizmni transchegaraviy tarqalishi tahdidini yanada oshiradi.

Xitoy Myanmaga qanday yordam bermoqda

Xitoy Neypidoda o‘z diplomatik vakolatxonasini ochishi bilan Myanmada o‘z manfaatlarini mustahkamlash borasida muhim qadam qo‘ydi. Xitoy elchixonasi, boshqa davlatlarning elchixonalari singari Yangonada joylashgan. G‘arb mamlakatlari o‘z vakolatxonalarini Myanmaning yangi poytaxtida ochishga shoshilmayapti.

Xitoy elchisi Xun Lyan yangi vakolatxona ochilishi marosimida Xitoy Myanma bilan diplomatik aloqalarni yuqori darajada qadrlashini tasdiqlagan edi. Tashkil etilgan yangi vakolatxona, sobiq elchixonaning ko‘chishga tayyorlik ko‘rish ishlari bilan shug‘ullanadi. Bu boshqa xorijiy mamlakatlarga "o‘rnak bo‘lishi mumkin"ligi diplomatik vakolatxonaning xabarida aytilgan.

Ermine Erdogan priletela chtobi vstretitsya s bejensami iz Myanmi - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘onning rafiqasi Bangladeshdagi myanmalik qochqinlar lageriga tashrif buyurdi
Myanmani Xitoy tomonidan qo‘llab quvvatlashining boshqa belgisi sifatida Yangoneda butunjahon Xitoy biznesmenlarining anjumani o‘tkazilishi bo‘ldi. Anjumanda ikki mingdan ortiq Xitoy va boshqa davlatlarning ko‘zga ko‘ringan korxona vakillari qatnashdilar.

Masalaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Xitoy Bangladeshdagi myanmalik musulmon qochoqlariga shoshilinch insonparvarlik yordamini ham yubormoqda.

G‘arb davlatlari esa ushbu inqirozga bunday munosabatda bo‘lishga shoshilmayapti va myanmalik siyosatchi Aun San Sun Chjini Nobel mukofotidan mahrum etish chaqiriqlarni qo‘llab quvvatlashmoqda.

Ahamiyatli tomon shundaki, Xitoydan tashqari Bangladeshga yordam bergan davlatlar ro‘yxatida faqat musulmon davlatlari: Indoneziya, Malayziya, Turkiya, shuningdek, aholisi bir qismi musulmon bo‘lgan Xindiston o‘rin olgan.

Xitoy manfaatlari

"Myanmada Xitoyning juda katta iqtisodiy va geostrategik manfaatlari bor. Xitoy, albatta, ushbu inqiroz o‘z manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishini istamaydi. Bunga misol sifati so‘ngi kunlarda Pekinning faollashganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, Xitoy ushbu inqirozdan o‘ziga qarshi foydalanmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlar borligini ham yaxshi tushunmoqda"- deb ta’kidladi Moskva davlat universiteti eksperti, sharqshunos Boris Volxonskiy.

Uning fikriga ko‘ra, Myanma Xind okeani va Yevroosiyoning katta qismiga chiqish bo‘yicha Xitoy strategiyasida juda muhim rol o‘ynaydi.

"Myanma bu Malak bo‘g‘ozi singari energiya resurslarni transportirovka qilish uchun eng yaqin yo‘lidir. Shuningdek, Xind okeani orqali boshqa strategik muhim mahsulotlarni Xitoyning janubiy provinsiyalariga yetkazish, birinchi galda Yunnan provinsiyasiga yetkazish imkoniyati ham. Shuning uchun Xitoy Myanmada portlar qurmoqda", deb ta’kidladi ekspert.

Bejensi peresekayut granitsu Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
BMT jamg‘armasi myanmalik qochqinlarga yordam berish maqsadida 7 million dollar ajratadi

"Transport qatnovlar katta siyosatning muhim omiliga aylangani sababli Xitoy Xind okeaniga chiqish uchun qisqa yo‘lga ega bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmagan kuchlar bor. Birinchi navbatda bu — AQSh, Xitoyning iqtisodiy va geosiyosiy raqqibi. AQSh maxsus xizmatlar va "Islom davlati" harakati vakillari o‘rtasida tegishli aloqa nuqtalari bor. Bu haqda jahon OAVlari tomonidan ko‘p marotaba xabar berilgan. Shuning uchun Myanmadagi keskinlik holatini yaratilishi Xitoyning geosiyosiy raqiblariga qo‘l keladi", — deb qo‘shimcha qildi Volxonskiy.

Ekspert fikriga ko‘ra, Suriya va Iroqda Islom davlati jangarilari ustidan harbiy g‘alabaga erishilgach omon qolgan jangarilar o‘zlariga yangi hudud topish kerak bo‘ladi. Unga ko‘ra, ushbu yangi "qaynoq nuqtalardan" biri Manma bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, jangarilar Yamanda paydo bo‘lish ehtimoli ham bor. Chunki ular Filippin va Indoneziyada o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.

Undan tashqari, Xitoy Shinjon-o‘yg‘ur viloyati ekstremistlari mamlakatning janubi-g‘arbiy hududiga Manma bilan chegaradosh bo‘lgan Yunnan viloyatiga kirib kelishidan, jiddiy xavotirda.

Prezident RF V. Putin na sammite liderov BRIKS. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Myanmadagi to‘qnashuvlarga izoh berdi
Xitoylik, ismi sir saqlanishini istagan xalqaro munosabatlar sohasidagi ekspertning fikriga ko‘ra, Xitoy "Islom davlati" terrorchilik guruhi Myanma orqali Yunnan va boshqa hududlarga kirib olishidan xavotirda. Bundan tashqari, ekstremistik kayfiyat bo‘lgan musulmonlar ushbu fursatdan foydalanib G‘arbiy Sharqiy Osiyodagi islom kuchlari bilan birlashishi ham mumkin.

"Bunga hozirgi vaqtda imkoniyat kam bo‘lishiga qaramasdan, Xitoy oxirgi yillarda doimiy ravishda mamlakat ichidagi ekstremistik guruhlarga jiddiy zarbalar berib kelmoqda. Shuningdek, mintaqadagi davlatlar bilan terrorchilarga qarshi kurashishda hamkorlik qilmoqda" – dedi suhbatdosh.

Ekspert aytishiga qaraganda, ayni damda Myanmada inqiroz kuchayib bormoqda. Suriyadagi vaziyatni inobatga olgandan, mahalliy ekstremistik kuchlar Yaqin Sharqdagi terrorchilar bilan birlashishi mumkin. Ushbu tahdid butun G‘arbiy-Sharqiy Osiyo va Xitoyga katta xavf tug‘dirmoqda. Xitoy hukumati buni oldini olish uchun keskin choralar ko‘rishi zarur.

Yangiliklar lentasi
0