TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z rasmiy sahifasida mamlakat hukumati Myanmada yuzaga kelayotgan vaziyat haqidagi xabarlarni havotir bilan qarshi olgani to‘g‘risida rasmiy bayonot e’lon qildi.
"O‘zbekiston TIV Myanmada yuzaga kelayotgan vaziyat, xususan, mamlakatdagi milliy ozchilikni tashkil etuvchi musulmonlarga ko‘rsatilayotgan zo‘ravonlik holatlari haqidagi xabarlarni tashvish bilan qarshi oldi.
Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan myanmalik qochqinlarning ehtiyojlari uchun ularga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rakxayn shtatida Myanma xavfsizlik kuchlari shu hududda yashovchi musulmonlarga qarshi harbiy operatsiyalarni davom ettirmoqda. Ular kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan shtat ahli bu yerda yashashga haqli emasligini ta’kidlashmoqda.
Hukumat armiyasi hamda musulmon-rohinya vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Shu muddat ichida 400 kishi halok bo‘ldi, bularning 20 nafari mamlakat harbiylari hisoblanadi. Musulmon-rohinya vakillari yana 15 nafar mahalliy butparastlarni o‘ldirganlikda ayblanmoqda.