Tog‘da to‘plar gumburladi: Moskva va Toshkent harbiy hamkorlikni tiklamoqda

© Press-slujba SVO MO RFSovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi sharhlovchisi Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bayon etdi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Sobiq Ittifoq maydonidagi xavfsizlik va barqarorlik Rossiya bilan integatsiyasiga obyektiv ravishda bog‘liqdir, buni Moskva va Toshkent harbiy hamkorligining rivojlanishi ham isbotlamoqda. Bu haqda "Rossiya segodnya" axborot agentligi sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko o‘z fikrlarini bayon etdi.

V Uzbekistane na poligone Forish startovalo takticheskoe uchenie s voinskimi kontingentami Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari ishtirokidagi o‘quv mashqlari yakunlandi

O‘zbekistondagi "Forish" tog‘li harbiy poligonda 3 — 7-oktabr kunlari O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu juda ahamiyatli voqea hisoblanadi. So‘ngi bor bu kabi mashg‘ulotlar 12-yil avval o‘tkazilgan edi.

O‘quv jangovar topshiriqlarini O‘zbekiston tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi tog‘-o‘qchi bo‘linmalari bajardi.

Rossiya Markaziy harbiy okrugining tog‘-o‘qchi bo‘linmasi "Podnos" 82 millimetrli minometlar va "Taxion" uchuvchisiz uchar apparatlari bilan ishtirok etdi.

Harbiy bo‘linmalar dengiz sathidan 2 ming metrdan ortiq balandlikda o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

Rossiya harbiylari zamonaviy "Ratnik" harbiy kiyim boshi va "Azart" otlinchi avlod radiostansiyalari bilan ta’minlangan. Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni tashkil etishga yondoshuv eng yuqori daraja bo‘ldi.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik va do‘stlik: Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi qanday yakunlandi

Ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuv joriy yilning iyul oyida Toshkentda ikki mamlakat harbiy idoralar delegatsiya ishchi uchrashuvi chog‘ida erishilgan. Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni muhokama qilib, harbiy hamkorlikni rivojlantirish borasid o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqlashgan edi. 2017-yil yakuniga qadar mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha shtab muzokaralari o‘tkaziladi.

Tarixiy o‘ziga tortish

Rossiya va O‘zbekistonning yangicha yaqinlashuvi bu shak-shubhasiz faktdir. O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev 2016-yil noyabr oyida Moskvada tashrifi chog‘ida o‘zining rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan 2017-yil uchun harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma imzolangan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston amerikaning qurol-yarog‘larini emas, balki Rossiyaning qurol-yaroqlari sotib olishida manfaatdorligidan dalolat bermoqda. Shu o‘rinda aytish kerakki, respublika harbiy harajatlarga YaIMning 3,5 foizga yaqin mablag‘ni safrlashmoqchi. Shu yilda bu harajatlar qariyb 67,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston delegatsiya avgust oyida Samara viloyatiga tashrif buyurgan edi. U yerda Rossiyaning Markaziy harbiy okrugi maxsus harbiy bo‘linmalar tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Rossiya maxsus bo‘linmalari "Novaya Binaradka" va "Vodino" o‘quv majmualarda garovga olinganlarni ozod qilish, yuqori qavatlardan jarohatlarganlarni qutqarish, shturm qilish va minalardan tozalash bo‘yicha taktik harakatlarni namoyish qilishdi.

Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Pokiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi tashrif buyurdi

Bu go‘yoki oddiy holatdir, lekin undan avval O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy texnikaviy hamkorlikni deyarli to‘xtatib qo‘ygan edi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yaratilishiga olib kelgan Kollektiv hamkorlik bo‘yicha shartnoma tashkiloti (ODKB) tarkibidan chiqib ketib, integratsiya jarayonidan voz kechgan edi.
Shu o‘rinda aytib o‘tamizki, O‘zbekiston rahbariyatining Amerika Oq uy bilan munosabatlar ham yurishib ketmadi. 2005-yil kuzdagi Andijondagi ison bostirilgandan keyin va AQSh Davlat departamenti "O‘zbekistonda inson huquqlari buzilishi va siyosiy mahbuslar borligi" haqida bayonnotlaridan so‘ng Yevropa Ittifoqi respublikaga qurol yetkazish bo‘yicha embargo joriy etgan edi. O‘sha paytda Toshkent AQSh va Rossiya integratsiyasidan xoli bo‘lgan o‘zbek xalqining o‘z yo‘li to‘g‘risida ma’lum qilingan edi. Haqiqatda esa, Moskva Andijondagi inqirozni kuch bilan hal etilishidagi O‘zbekiston huqumatini harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Ehtimol, shuning uchun ko‘p o‘tmay Sovet Ittifoqidan so‘nggi tarixda ilk bor 400 harbiylar ishtirokidagi Rossiya-O‘zbekiston o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilgan edi. Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti ishidan o‘z ishtirokini jadalllashtirdi. 2007-yil sentabrda Chelyabinsk viloyatida "Chebarko‘l" Rossiya harbiy poligonida "Tinchlik missiyasi" doirasida ko‘p tomonlama aksilterrorchilik o‘quv mashg‘ulotlarda ShHTga a’zo bo‘lgan davlatlar qatori O‘zbekiston ham ishtirok etdi.

Baribir Toshkent interatsiya jarayonlaridan chetga burilib, "Tinchlik missiyasi" o‘quv mashg‘ulotlariga harbiylarni yubormay qo‘ydi. 2012-yilda O‘zbekiston Kollektiv hamkorlik to‘g‘risida shartnomasi tashkilotidan chiqib ketdi.

Integratsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar 1999-yil 11-dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrif chog‘ida imzolangan "Strategik hamkorlik to‘g‘risida Shartnoma" va "Iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma" talablari asosida tartibga solingan. Harbiy hamkorlik doirasida Moskva Toshkentga O‘zbekiston Islom harakati jangarilariga qarshi operatsiyada yetishmagan o‘qchi qurollarni yetkazib bergan. Ammo 2000-yilda ikki davlat o‘rtasida munosabatlar sezilarli muzladi.

Tebrangich boshqa tomonga silkinib ketdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Rossiyaning geosiyosiy raqiblari — AQSh va Turkiya bilan harbiy sohada hamkorlik qilishga intildi.

Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Toshkentda: harbiy birodarlik va kosmik istiqbollar

Toshkent va Vashington bilan munosabatlar AQShda 2001-yil 11-sentabrda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng jadallashdi. O‘zbekiston amerikaliklarda Afg‘onistonda operatsiyasini o‘tkazish uchun o‘zining Xonobod aviabazasini taklif qildi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari vaqtinchalik 2004-yilda (Anjijon voqealaridan oldin) jonlandi. O‘sha vaqtda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Ivanov va Xavfsizlik kengashi kotibi Igor Ivanov tashrif buyurdilar.

Maydonda yolg‘iz jangchi — jangchi emas, eski do‘st yangi ikkita do‘stdan yaxshiroqdir. Markaziy Osiyoda vaziyat vahimali. Afg‘oniston narkotrafigi ortib bormoqda. Narkotik savdogarlarining foydasi yiliga 30 mlrd dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar terrorizm va diniy ekstremizmni ta’minlashga sarflanmoqda. Tog‘ tizmalari orqali O‘zbekiston janubiy chegarasi yaqinida Tojikiston hududidan bir necha bor O‘zbekiston Islom harakati jangarilari hujum qilishgan.

Mintaqada o‘zbek va tojik aholisi aralashib ketgan, etnik to‘qnashuvlar bo‘lishi mumkin.

Toshkentning Moskva bilan harbiy-texnik hamkorligi respublika hududida rossiyalik harbiylarni o‘quv mashqlarda ishtiroki qo‘shimcha barqarorlikni ta’minlaydi.

Teng uzoqlik strategiyasi

"Kuch markazlari"ning Toshkent bilan birodarlik qilish borasida siyosiy kurashi to‘xtamayapti. O‘zbekiston huqumati yetarli darajada ta’minlangan, lekin AQSh avvalgidek respublikani o‘z quroliga moslashtirmoqchi: AQSh Davlat departamenti bu yerda qurol eksport qilish darslarini o‘tmoqchi. Undan avval Toshkentda NATOning mintaqaviy vakolatxonasi ochilgan edi. AQSh O‘zbekiston harbiy islohotlarida o‘z ishtirokini belgilab qo‘ydi.

Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik chorasizlik sharoitida AQSh Afg‘onistonda harbiy operatsiyalarni davom ettirish uchun O‘zbekiston amerikaliklarga qulay va nisbatan xavfsiz bo‘lgan hudud hisoblanadi.

Voyennoe sotrudnichestvo mejdu Rossiyey i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlik

AQSh Havo harbiy kuchlari Xonobod aviabaza foydalanishi davrida (2001-2005 yillar) u yerda bir yarim ming harbiylar bo‘lgan 10-chi harbiy diviziya, F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlar va yuk tashish samolyotlari joylashgan. Yer va havo orqali oziq-ovqat ta’minoti va moddiy-texnik vositalarini ittifoqdosh kuchlarga yetkazish borasida muhim logistik markaz hisoblangan. AQShning "quloqlari ko‘rinib turgan" Andijon voqealaridan so‘ng, O‘zbekiston senati amerikalik harbiylarga Xonoboddan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan edi. To‘g‘risini aytganda, NATO Xalqaro koalitsiya (ISAF) tarkibida bo‘lgan Germaniya harbiy aviatsiyasi 2002-yildan hech qanday to‘siqlarsiz Termezdagi o‘zbek bazasidan foydalgan. Bu AQSh samolyotlarini ishtirok etishi ehtimolidan xoli emas. Ammo Qirg‘izistonda Manas aviabazani yo‘qotilgandan keyin amerikaliklar ancha tang holatda qolishdi. Barcha harbiy-diplomatik usulllar bilan O‘zbekistonga qaytishmoqchi.

Markaziy Osiyoda AQShning sudraluvchi ekspansiyasi davom etmoqda. Rossiyaning ushbu hududda bo‘lishi tarozining boshqa pallasini bosishi va mintaqada barqarorlik kafolati bo‘lishi mumkin. Bundan xulosa shuki, Moskva va Toshkentning o‘zaro manfaatli harbiy hamkorligi istiqbollari porloq.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi-nazaridan farqlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0