O‘zbekiston ham sayohat ham ziyorat uchun qulay mamlakat - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Kecha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari, tegishli idora va vazirliklar vakillari ishtirokida turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda prezident  matbuot xizmati.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish kerakligi haqida gapirdi.

"Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

"O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika", — deb so‘zini davom ettirdi O‘zbekiston rahbari.

Nima ishlar qilindi

2016-2017 yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan sohani yangilash va rivojlantirishga doir muhim chora-tadbirlar qabul qilindi. "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi o‘rniga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashqil qilindi va turizm sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 16 ta yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular, jumladan, turizm sohasi subektlariga sezilarli soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa yengilliklarni o‘z ichiga olgan.

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablariga mos kelishini ta’minlash maqsadida turizm terminologiyasi va mehmonxona xo‘jaliklari xavfsizligi talablari bo‘yicha yangi 2 ta davlat standarti ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Undan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Xiva va Shahrisabz shaharlari hokimlarining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi.

Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi.

Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat "Qadimiy Buxoro" va "Samarqand siti" turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoro turistik zonasiga sarmoya kiritadi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha komlpeks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga ushbu yilning 9 oyi ichida 1,8 mln sayyoh kelgan. Bu 2016-yilning 9 oyiga nisbatan 17 %ga ko‘p, lekin turizm sohasi vakillariga ko‘ra yil oxiriga qadar sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.

Kelajak rejalari

Kelajakda O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari ochish va mavjudlarini rivojlantirish maqsad qilingan. Xususan, alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yo‘nalishlari ommaviylashtirilmoqda.

Ostovi korabley na meste visushennogo Aralskogo morya. - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi xalqaro miqyosdagi turizm maskaniga aylanadi

Shavkat Mirziyov Yevropa, osiyo va boshqa qit’alardan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish va charter reyslar hamda temir yo‘l qatnovlari sonini ko‘paytirish haqida ham so‘zladi.

Shuningdek, prezident turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘zbekiston rahbari kelajakda sayyohlikni mavsumiy emas, balki yil davomida daromad manbaiga aylantirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sayyohlarni jalb qilishda yangicha usul va yondashuvlardan samarali foydalanish borasida topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0