Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Obuna bo‘lish
"Samarkand sity" turizm hududi mehmonxonalar, kottejlar, ko‘ngilochar va savdo markazlari, amfiteatr, restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir do‘konlari va boshqa turizm infratuzilmalarini o‘z ichiga oladi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturini tasdiqladi.

Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur o‘zbek filmlarini tomosha qiladilar

Dasturga ko‘ra, Samarqand shahri hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, ko‘ngilochar va savdo markazlari, shuningdek amfiteatr, turli millatlar taomlarini tayyorlaydigan restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir do‘konlari va boshqa turizm infratuzilmalarini o‘z ichiga oladigan "Samarkand sity" turizm hududi yaratiladi.

Turizm infratuzilmasi obyektlarida bankomat va terminallar o‘rnatgan holda maxsus esdalik sovg‘alari shoxobchalari shahar ko‘chalari bo‘ylab taqsimlanadi, butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishga keng imkoniyat yaratgan holda turistlar gavjum joylarda Wi-Fi hududlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi Respublika eshkak eshish kanali hududida yil bo‘yi sport o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish shart-sharoitiga ega bo‘lgan zamonaviy sportzal, sport maydonlari, yopiq basseyn, shuningdek, mehmonxonalar va kottejlar majmui hamda boshqa dam olish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan sport-sog‘lomlashtirish va turizm-dam olish hududi barpo etiladi.

Viloyatning qator tumanlaridagi ziyoratgoh, majmua va arxeologik yodgorliklar restavratsiya qilinadi va obodonlashtiriladi.

Samarqand shahrida milliy liboslar namoyish qilinadigan "El merosi" teatri quriladi.

Dasturda Samarqand tumani hududida turizm toifasidagi avtobuslar uchun to‘xtash joyi va garaj, texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi hamda haydovchilarni joylashtirish uchun mehmonxona hamda oshxona qurish ko‘zda tutilgan.

Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandga kelgan turistlar eng mashhur o‘zbek filmlarini tomosha qiladilar

Samarqand shahriga aviareyslar va tezurar "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnovlari soni ko‘paytiriladi, shaharning tarixiy hududida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etiladi, turistik namoyish obyektlariga olib boradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan transport xizmati yaxshilanadi.

Dasturga kiritilgan tadbirlarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari jalb etiladi.

"Samarkand city" turizm zonasi va eshkak eshish kanali hududidagi sport-sog‘lomlashtirish va turistik-rekreatsion hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek investitsiya kompaniyalari yer, daromad, yuridik shaxslarning mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovlari, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan 2020-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0