TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti bir necha kun oldin Buxoroning sayyohlik salohiyatini 2017-2019 yillarda izchil rivojlantirish haqida qaror imzolagan edi. Ushbu qarorda Buxoroda zamonaviy mehmonxonalar, madaniy sog‘lomlashtirish va savdo-ko‘ngilochar markazlari bo‘lgan "Qadmiy Buxoro" erkin turistik zonasi tashkil qilish belgilangan.
"Qadmiy Buxoro" erkin turistik zonasiga sarmoyalar kiritishni ta’minlash O‘zbekiston Milliy banki zimmasiga yuklatilgan. Ushbu sarmoyalarning bir qismi, kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bo‘ladi.
Yangi tashkil qilinayotgan turistik zona hududi iyul oyining oxiriga qadar belgilab olinadi va u 10 gektardan katta joyni egallaydi. Ushbu hudduda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan, sarmoya kiritgan korxonlar 2020-yilning 1-yanvariga qadar yer, mulk, daromad, ijtimoiy muhitni rivojlantirish soliqlari hamda mikrofirmalar uchun yagona soliqdan ozod qilinadi.
Undan tashqari Buxoroga sayyohlarni jalab qilishga qaratilgan yana bir yirik loyiha "Asaka" banki tomonidan amalaga oshiriladi. "Shahriston" — loyihasi bir necha ikki qavatli binolardan tashkil topgan yopiq bozor va hunarmandlar shaharchasi bo‘lib u yerda suvenir mahsulotlar, tilla-zargarlik buyumlari, mevalar, shirinliklar sotiladi.
Shuningdek, ushbu hududlarlarda teatrlashtirilgan konsert dasturlari, folklor ansambllar chiqishlari va bepul Wi-Fi xizmati tashkil qilinadi. Buxoroning tarixiy obidasi — "Ark" majmuasi 2021-yilga qadar to‘liq restavratsiya qilinadi, uning buzilib ketgan ichki hovli qismi qayta tiklanadi.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Buxoro brendini ishlab chiqarishi va uni butun dunyoga keng targ‘ib qilishi kerak. Ushbu maqsad yo‘lida Buxoroda bir necha festivallar va sayllar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ular orasida "Ipak va ziravorlar", "Qovun sayli", "Buxoro kuni", "Sharq taomlari", "Buxoro hunarmandlari" kabi festivallar bor.
Shu bilan bir qatorda shahar obodonlashtirishda davom etadi. Markaziy qismi to‘lik rekonstruksiya qilinadi. U yerda yangi suvenir magazinlari, bankomatlar o‘rnatiladi. Shu bilan bir vaqtda Buxoroning tarixiy obidalaridan tashqari boshqa turistik obyektlaridan ham keng foydalanish rejalashtirilgan. "Agutma" va" "Qoraqir" ko‘llari, Jayron" ekologik makazi, "Afshona" muzeyi shular jumlasidandir.
Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasidi 2017-2021 yillarda hududga kelayotgan sayyohlar soni o‘rtacha 2 baravarga oshishi kerak.