Orolbo‘yi xalqaro miqyosdagi turizm maskaniga aylanadi

© Sputnik / Yuriy Kuydin / Mediabankka o‘tishOstovi korabley na meste visushennogo Aralskogo morya.
Ostovi korabley na meste visushennogo Aralskogo morya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurib borayotgan Orol dengizi ramzi sifatida uning qirg‘og‘ida Mo‘ynoq mayog‘i va unga yondosh holda "dengiz to‘lqini shovqini" musiqasi foni bilan kuy taratuvchi kafe-restoran quriladi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanida xalqaro miqyosdagi turizm maskanini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini tasdiqladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu yerda, xususan, Moynaq City Center savdo-turizm kompleksi tashkil etiladi. Turistlarga Orol dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab kvadrotsiklda uchish, Orol dengizi unikal minerallariga to‘yingan balchiq bilan davolash, Orolning sertuz davolash vannalarini qabul qilish kabi xizmatlar taklif etiladi.

Orol dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra Orolbo‘yi aholisining yashash sharoiti yaxshilanadi

Xalqaro turistik hamjamiyat e’tiborini jalb qilish maqsadida "Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi" mavzuyida har yili xalqaro Ekofestival, "Orol dengizi baliqlaridan 99 turdagi taomlar" nomli Gastronomik festival o‘tkaziladi hamda qoraqalpoq xalq shoirlari Berdax va Ajiniyazga bag‘ishlangan Xalqaro musiqiy-she’riy festivallar tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari haqida videoroliklar tayyorlash uchun "Moya Planeta", "National Geographic", "Animal Planet", "Viasat Explore" kabi yetakchi telekanallar taklif etiladi.

Zarur infrastrukturani rivojlantirish ham chetda qolmaydi. Mahalliy O‘lkashunoslik muzeyi qayta rekonstruksiya qilinadi va dengiz haqidagi tarixiy fotosuratlar va videoyozuvlarni namoyish qiluvchi zamonaviy 3D texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Orol dengizi o‘rnidagi sahro - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

Qurib borayotgan Orol dengizi ramzi sifatida uning qirg‘og‘ida Mo‘ynoq mayog‘i va unga yondosh holda "dengiz to‘lqini shovqini" musiqasi foni bilan kuy taratuvchi kafe-restoran quriladi.

Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11ta kema qayta tiklanadi va ularga qiziqish yuqori bo‘lgan turistlar keluvchi mamlakatlar nomi beriladi.

Dengizning qurib qolgan chegarasi belgilari tiklanib, bu joylarda dengizning eski xaritasi tushirilgan katta masshtabli bilbordlar joylashtiriladi.

Hunarmandlik faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, Orol mavzusi va dengizni tasvirlovchi suvenirlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, qoraqalpoq va Mo‘ynoq an’analari timsoli tushirilgan gilam to‘qish bo‘yicha hunarmandlik sexi tashkil etiladi.

Mo‘ynoqning to‘qimachilik mahsulotlari va suvenirlarini sotish bo‘yicha Nukus, Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda savdo rastalari tashkil etiladi.

Orol dengizining qurib qolgan tubi - Sputnik O‘zbekiston
Orol tubi bo‘ylab 140 km: xalqaro ekspeditsiyaning avtomobil sayohati

Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi turizm salohiyatini namoyish etishga doir yirik masshtabli bannerlar tayyorlanadi hamda Nukus, Urganch, Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida bepul joylashtiriladi.

Mo‘ynoq va Orol dengizi tarixi, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari, Berdax va Ajiniyaz kabi qoraqalpoq xalq shoirlari va allomalari haqida hujjatli va badiiy filmlar hamda roliklar yaratilib, milliy televidenie orqali namoyish etib boriladi.

Respublika miqyosida oliy o‘quv yurtlari talabalari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va yirik tashkilotlar xodimlarini tashkillashtirilgan holda Mo‘ynoq tumani hududiga sayohatlari amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0