Borovskiy kolleji yopilishiga o‘zbekistonliklarning munosabati

© Sputnik / Aleksandr KondratukTibbiyot talabalari
Tibbiyot talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
15-16 iyun kunlari Sputnik O‘zbekiston tomonidan "Borovskiy kolleji yopilishiga munosabatingiz?" mavzusida so‘rov o‘tkazildi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Kuni kecha Borovskiy tibbiyot kolleji yopilishi haqida xabar berilgan edi. 15-16 iyun kunlari Sputnik O‘zbekiston tomonidan "Borovskiy kolleji yopilishiga munosabatingiz?" mavzusida so‘rov o‘tkazildi.

Toshkentliklar Jasurbek Ibragimovning o‘limida aybdorlarni jazolashni so‘rashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Borovskiy kolleji yopiladi
So‘rov natijalari tahliliga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 40,3 %i kollej yopilishiga qarshi ekanligi haqida fikr bildirishgan. 25,9 %i kollej rahbariyati va shunga aloqador bo‘lganlarni bo‘shatish yetarli va o‘quv maskanini yopish shartmasdi degan fikrni yoqlashgan. 22,8 % respondent o‘quv maskanlarini tekshirish lozim, toki bunday hodisa boshqa takrorlanmasin degan fikrga ovoz berishgan. So‘rovnomada qatnashganlarning faqat 11 %igina yuz bergan hodisadan keyin Borovskiy kolleji yopilishi to‘g‘ri chora, deb hisoblaganlar.

Shu bilan birga, ushbu masalada ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha fikrlar bildirilgan.

"Kollejni yopib yuborish muammoni bartaraf etishning adolatli yo‘li deb o‘ylamayman. Axir bu yerda ko‘p yillik o‘quv bazasi shakllangan. Bu uzoq yillar mobaynida tiklangan imoratni bir zumda daroga cho‘ktirib yuborish bilan barobar. To‘g‘ri, bu yerda ma’naviy muhit buzilgan. Lekin kollej jamoasi tarkibini butunlay yangilab, ta’lim-tarbiya ishlarini risoladagidek yo‘lga qo‘ysa ham bo‘lardi-ku. Burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirish deb baholayman kollej yopilishi haqidagi xabarni", deb izoh qoldirgan Uygun Ruziyev.

"Umuman olganda aksariyat tibbiyot kollejlarida talabalar ahloqi buzilgan. Kollejlarda korrupsiya uchiga chiqqan. Barcha kollejlarni tahlil etish zarur", degan Umid Shadiyev.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Borovskiy kolleji rahbarlari ishdan bo‘shatildi
"O‘zi Toshkentda 100 ta kollej bo‘lsa shundan 10 tasi rostakam o‘quv dargohi, qolgani bolalar umrini zoe ketkazadigan maskan, shu o‘ntalikdan bittasi Borovskiy bo‘lsa… To‘g‘ri, yosh bola nobud bo‘lib, yaxshi ish bo‘lmagan, lekin qolgan minglab bolalar taqdirichi?" — deb izoh qoldirgan Tohir Sapayev.

Xilola Rustamova esa "Borovskiy — boshqa davlatlarda diplomi o‘tadigan yagona kollej edi", deb qo‘shimcha qilgan.

"Kollejni yopinglar, men bunga qo‘shilaman", deb yozgan Dilrabo Ravshanova.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0