Jasurbek Ibrohimovning onasi: o‘g‘limga tahdid qilishgan

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z guruhdoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida vafot etgan tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovga mojaroda ishtirok etgan yigitlarning qarindoshlari tomonidan tahdid qilingan. Bu haqda Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva ma’lum qildi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘ta shafqatsiz tarzda kaltaklanib, olgan jarohatlari oqibatida kasalxonada olamdan ko‘z yumgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning onasi sudda bergan ko‘rsatmalarini jurnalistlar orasida tarqatib yubordi, bundan tashqari ushbu ko‘rsatmalar ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarda ham paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

V Tashkente student skonchalsya ot izbiyeniya - Sputnik O‘zbekiston
Jasurbek Ibrohimovning onasi o‘g‘li o‘z o‘limi oldidan nima deganini aytdi

Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva o‘z ko‘rsatmalariga qo‘shimcha tarzda marhum o‘g‘lining suratini ham ilova qilgan. Suratda shifokorlar Jasurbekning hayoti uchun kurashayotgan bir mahalda u qanday og‘ir ahvolda bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

Aliyevaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha mash’um kunda o‘g‘li unga qo‘ng‘iroq qilganida, ayol ishxonada bo‘lgan. O‘g‘il yiqilib tushganini, burni to‘xtovsiz qonayotganini va qorni qattiq sanchiyotganini aytib, onasidan tezroq kelishni so‘ragan.

Ota-ona uyga kelgach (ayol yo‘l-yo‘lakay turmush o‘rtog‘iga telefon qilgan) qo‘rqinchli bir voqeaning ustidan chiqadilar: o‘g‘illari polda yotgancha qattiq oh-voh qilardi. Uning burnidan, og‘zidan va quloqlaridan jigarrang qon kelar, butun tanasi shilingan va shishlarga to‘lgan, tizzalari esa yirtilgan bir ahvolda edi.

© Foto predostavleno materyu Jasurbeka IbragimovaPogibshiy student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii
Pogibshiy student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Pogibshiy student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii

Aliyevaning yozishicha, aynan mana shundan so‘ng kasalxonalarga qatnovlar boshlangan. Ikkita kasalxonadan so‘ng, ularni uchinchisida, 14-bolalar shifoxonasida qabul qilishgan.

Oqibatda yigit beshta murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan. Ammo bularning hech biri foyda bermagan.

"Oradan biroz vaqt o‘tgach kasalxonaga dekan Mariella Tulenovna, kurator Liliya Aleksandrovna, To‘laganov Islomning onasi va Islomning o‘zi kelishdi. Dekan, kurator va Islomning onasi reanimatsiyaga kirishdi. Ular jarohatlar qanchalik og‘irligiga amin bo‘lishmoqchi edi. Shundan so‘ng Islomning onasi, dekan va kurator guvohligida Islom bilan suhbat bo‘ldi.

Islom mushtlashuvda o‘zidan tashqari Begzod va Timur (ularning ikkisi ham Jasurning kursdoshi bo‘lgan), uchinchi kursdan Timur va Hurmat ismli yigitlar bo‘lganini aytdi. Ammo Islomning yuzi va qo‘llari hatto zarracha tirnalmagan edi", — deyiladi onaning ko‘rsatmalarida.

Sal kechroq kasalxonaga jabrdiydadan ko‘rsatma olish uchun huquq-tartibot organlari xodimlari ham kelishgan.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
YuNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi bo‘yicha bayonot berdi
Ammo Jasur o‘zini o‘ta yomon his qilayotgani, unga kuchli ta’sir qiluvchi og‘riq qoldiruvchi dorilardan ukol qo‘yishayotgani bois, ichki ishlar xodimlari ko‘rsatma olisholmadi, deb eslaydi ona.

Nilufar Aliyeva o‘z ko‘rsatmalarida bo‘lib o‘tgan voqealar ketma-ketligini deyarli kunma-kun qayta tiklagan. Xususan, ayolning yozishicha, 2017-yil 5-may kuni u ertalab 10larga yaqin kasalxonaga kelganida u yerda Islom To‘laganovning otasiga duch kelgan. Sal keyin reanimatsiya mudirasi Maxfuza Tulkunovna ayolga ertalab buvasi Jasurni ko‘rishga kelganini va u bilan ko‘rishib, suhbatlashganini aytadi va Islomning otasi tomon ishora qiladi.

"Shu kunning o‘zida o‘g‘lim Jasur yoniga, ya’ni reanimatsiyaga hech kimni kiritmaslikni so‘radi. Men negaligini so‘radim, u Islomning otasi kelganini aytdi. "U seni qo‘rqitdimi?" — o‘g‘lim boshini "ha" degan ma’noda silkitdi", — deb yozadi o‘z ko‘rsatmalarida ona.

Onaning ko‘rsatmalariga binoan, Jasurbek kasalxonada yotgan vaqtida, ayol hammasiga oydinlik kiritish maqsadida jinoyat sodir etilgan joyga borib kelgan. Natijada, ayolning yozishicha, guvohlar o‘sha mash’um kunda garajlar yonida oq ko‘ylakli o‘smirlarni ko‘rishganini tasdiqlashgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ulardan biri qonga belangan, hammayog‘i kir ahvolda bo‘lgan.

© Foto predostavleno materyu Jasurbeka IbragimovaStudent Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii
Student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii

Ayol o‘z ko‘rsatmasi so‘ngida adolat qaror topishiga va aybdorlarning hammasi qilmishiga yarasha jazolanishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0