Mehnat vazirligida Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlarini kuzatish marosimi o‘tkazildi

© Mehnat vazirligiMehnat vazirligida migrantlarni Rossiyaga kuzatish marosimi
Mehnat vazirligida migrantlarni Rossiyaga kuzatish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yangi sharoitlarda mehnat migrantlari muammolariga nisbatan o‘z munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda hamda mehnat migrantlarining O‘zbekiston iqtisodiyoti hamda ular ishlayotgan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushini e’tirof etmoqda

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Mehnat vazirligida Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlarini kuzatish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Qahramon Quranboyev - Sputnik O‘zbekiston
Facebook foydalanuvchilari Qahramon Quronboyevga javob qaytarishdi
Xabarga ko‘ra, 2017-yil 26-iyul kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bir guruhi Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri A.Abduhakimov bilan uchrashgan.

Abduhakimovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlarni tanlash xizmati faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi, yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilmoqda hamda litsenziya va ruxsat berish hujjatlari soddalashtirilmoqda.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston  fuqarolari eng ko‘p mehnat qilayotgan davlatlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Agentlikning vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasida. O‘zbekistonning Samarqand va Farg‘ona shaharlarida mehnat migrantlariga hamkorlikda ko‘maklashishga qaratilgan turli markazlar ochilmoqda.

Sentr sodeystviya migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda ishlash uchun patentni O‘zbekistonning o‘zida olish mumkin bo‘ladi
Ayni paytda, hukumatlararo Bitimni hayotga joriy etish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Rossiyalik ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan turli mutaxassisliklar bo‘yicha tashkiliy tanlov boshlandi. Allaqachon haydovchilar, tikuvchilar, qurilish bo‘yicha mutaxassislar, sozlovchilar, tokarlar va boshqalar bo‘yicha tanlov va saralash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017-yil 12-apreldagi PQ-2885 son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarining muammolarini tezkor hal qilish, ularning mehnat faoliyatini qonuniylashtirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, ularning turli buzg‘unchi kuchlarning salbiy ta’siri ostiga tushib qolmasligini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining tegishli tashkilotlari va muassasalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilish uchun yuborish xarajati miqdorini ma’lum qildi
Mazkur tadbirda Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy ko‘maklashish bo‘yicha Agentligi vitse-prezidenti Yu.Sluskaya, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi maslahatchisi E.Chistova, turli vazirliklar va muassasalar, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risidagi Bitim imzolangan edi.

"O‘zbekiston yangi sharoitlarda mehnat migrantlari muammolariga nisbatan o‘z munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda hamda mehnat migrantlarining O‘zbekiston iqtisodiyoti hamda ular ishlayotgan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushini e’tirof etadi. O‘zbekiston hukumati bundan keyin ham ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0