Samarqandda bo‘lajak mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto
Uchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada mehnat qilish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda ishga yollash shartnomasiga ko‘ra, Samarqandda mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi tashkil qilish jarayoni boshlandi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligida Rossiyaning Sankt-Peterburg hukumati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston mehnat vaziri Aziz Abduhakimov tashkil qilinayotgan markazda bo‘lajak mehnat migrantlari  kerakli hujjatlarni olish uchun barcha sharoitlar tashkil qilingan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Sankt-Peterburg Mehnat va bandlik qo‘mitasi raisi Dmitriy Cherneyko ham migrantlar ona vatanida kompleks imtihonga tayyorgarlik va boshqa barcha kerakli protseduralardan o‘z ona vatanlarida o‘tishlari kerakligini tasdiqladi.

Uchrashuvda ma’lum bo‘lishicha, tomonlar bo‘lajak mehnat migrantlari uchun kompleks imtihonlarni respublika hududida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Undan tashqari ikki mamlakat vakillari, O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan, O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashgan tartibda Rossiyaga ishga qabul qilish haqidagi shartnomani amalga oshirishni tezlashtirish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Xususan, yuqoridagi shartnomaga asosan, Rossiyada ishga joylashish uchun kerak bo‘ladigan, rus tilidan imtihon va tibbiy sug‘urta olish jarayonlarini O‘zbekistonda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Sentr sodeystviya migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda ishlash uchun patentni O‘zbekistonning o‘zida olish mumkin bo‘ladi

Ushbu ishlarni amalga oshirish mehnat migrantlari faoliyatini qonuniylashtirish, ularni mavjud bo‘lgan sanitar-gigiyenik normalarga aosoan yashash joyi bilan ta’minlash, mehnat muhofazasi va mehnat haqi to‘lovlarini va boshqa ijtimoiy huquqlarini kafolatlash imkonini yaratadi.

Sankt-Peterburg  delegatsiyasi tashrif  dasturida O‘zbekistonning bir qator muassasalarida uchrashuvlar belgilangan. Shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurish va Samarqanddagi bo‘lajak mehnat migrantlarini tayyorlov markzi tashkil qilish borasidagi shart-sharoitlar bilan tanishish mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida O‘zbekiston va Rossiya vakillari Samarqandda Sankt-Peterburg "Mehnat resurslari markazining" vakolatxonasini ochish haqida kelishib olishgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0