Rossiyadagi o‘zbek mehnat migrantlari o‘z kasaba uyushmalariga ega bo‘lishlari mumkin

© Press-slujba Federatsii profsoyuzov Uzbekistana5 sentabrya 2017 goda v Uzbekistan s ofitsialnim vizitom pribila delegatsiya Federatsii nezavisimix profsoyuzov Rossii vo glave s predsedatelem FNPR Mixailom Shmakovim
5 sentabrya 2017 goda v Uzbekistan s ofitsialnim vizitom pribila delegatsiya Federatsii nezavisimix profsoyuzov Rossii vo glave s predsedatelem FNPR Mixailom Shmakovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Shmakov rahbarligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davomida muhokama qilindi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Shmakov rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida kasaba uyushma faollari bilan uchrashdi.

Faollar bilan uchrashuv davomida Rossiyada O‘zbekiston mehnat migrantlari kasaba uyushmasini tuzish yoki ularni tegishli tarmoq kasaba uyushmalari a’zoligiga qabul qilish, Toshkentda Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi filialini tashkil etish, O‘zbekiston kasaba uyushma faollari uchun Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida haftalik o‘quv kurslarini tashkil etish tajribasini qaytadan yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama etildi.

© Press-slujba Federatsii profsoyuzov Uzbekistana RMKUF va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi
5 sentabrya 2017 goda v Uzbekistan s ofitsialnim vizitom pribila delegatsiya Federatsii nezavisimix profsoyuzov Rossii vo glave s predsedatelem FNPR Mixailom Shmakovim - Sputnik O‘zbekiston
RMKUF va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi

Rossiya va o‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘rtasidagi ikkitomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining muhimligini e’tiborga olgan holda hamda RMKUF bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi (RMKUF) 1990-yilda tashkil topgan bo‘lib, Rossiya mehnatkashlarining eng yirik birlashmasi hisoblanadi va 122 a’zo tashkilotni, shu jumladan, 42 umumrossiya, hududlararo kasaba uyushmalari hamda 80 ta hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarini birlashtiradi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi birlashtiruvchi kasaba uyushmalarida 20 milliondan ortiq a’zo mavjud bo‘lib, ular Rossiyadagi barcha kasaba uyushma a’zolarining 95 foizga yaqinini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0