Dunyoda

Erdoʻgʻonning rafiqasi Bangladeshdagi myanmalik qochqinlar lageriga tashrif buyurdi

© Suzauddin RUBEL / AFP / Ermine Erdogan priletela chtobы vstretitsya s bejentsami iz Myanmы
Ermine Erdogan priletela chtobы vstretitsya s bejentsami iz Myanmы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya prezidentining turmush oʻrtogʻi Emine Erdoʻgʻon va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya Bangladeshga yetib keldi

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdoʻgʻon Bangladeshdagi "Kutu palon" nomli musulmon-roxinja qochqinlar lageriga tashrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Etnicheskiy Roxindja s veщevыm meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Myanma harbiylari qochqinlar qaytib kelmasligi uchun Bangladesh chegarasida minalar qoʻymoqda

Emine Erdoʻgʻon xalqaro hamjamiyatni Myanmada Rakxayn musulmon aholisiga qarshi zoʻravonliklarni toʻxtatish yuzasidan tegishli choralar koʻrilishiga chaqirdi.

"Rakxaynda farzandlarimiz boʻlmaganligi uchungina u yerda sodir boʻlayotgan zoʻravonliklarga koʻz yumib boʻlmaydi. Sodir boʻlayotgan voqealar uchun javobgarlik barchaning zimmasida. Har bir odam musulmonlar uchun qoʻlidan kelgan yordamini qilsin", — degan Emine Erdoʻgʻonning soʻzlarini keltiradi Anadolu axborot agentligi.

Turkiya prezidenti rafiqasi musulmon-roxinja qochqinlar bilan suhbatlashdi va dunyo hamjamiyatini Myanmada sodir boʻlayotgan zoʻravonliklarga befarq turmaslikka chaqirdi.

"Bu vahshiyliklar hozirgi vaqtda dunyo hamjamiyati koʻz oʻngida sodir etilayotganligiga ishongim kelmayapti. Aybdorlar boʻlsa, ular jazolanishi kerak, aybsiz insonlar oʻrniga" — dedi Turkiya prezidenti turmush oʻrtogʻi.

Prezident RF V. Putin na sammite liderov BRIKS. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Vladimir Putin Myanmadagi toʻqnashuvlarga izoh berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Myanmadagi musulmonlarning ommaviy qirgʻin qilinishi mavzusini 19 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasi darajasida koʻtarishini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Rakxayn shtatida Myanma xavfsizlik kuchlari shu hududda yashovchi musulmonlarga qarshi harbiy operatsiyalarni davom ettirmoqda. Ular kelib chiqishi bangladeshlik boʻlgan shtat ahli bu yerda yashashga haqli emasligini taʼkidlashmoqda.

Hukumat armiyasi hamda musulmon-rohinja vakillari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar davom etmoqda. Shu muddat ichida 400 kishi halok boʻldi, bularning 20 nafari mamlakat harbiylari hisoblanadi. Musulmon-rohinja vakillari yana 15 nafar mahalliy butparastlarni oʻldirganlikda ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0