TOShKENT, 8 sen — Sputnik. BMT bosh kotibining insonparvarlik yordami masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok Markaziy jamg‘arma (CERF) hisobidan myanmalik qochqinlarga 7 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"CERF — bu qayerda va qachon zarur bo‘lishidan qat’iy nazar odamlarga ko‘mak berishning eng tezkor usulidir", — dedi Loukok.
Loukok so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma qo‘shimcha boshpanalar va oziq-ovqat yetkazib beradi, shuningdek, og‘ir holatdagi kishilarga tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, myanmalik qochqinlarning xavfsizligini kafolatlash va ularga gumanitar yordamlarning uzluksiz yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.
Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, Bangladeshga 146 mingdan 300 mingacha kishilar qochishgan.
Eslatib o‘tamiz, Myanma hukumat kuchlari va roxinya musulmon jangarilari bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.