Vladimir Putin Myanmadagi to‘qnashuvlarga izoh berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev /POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite liderov BRIKS. Den vtoroy
Prezident RF V. Putin na sammite liderov BRIKS. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Misr har qanday zo‘ravonliklarga qarshi ekanligi va hukumatni Myanmadagi vaziyatni nazoratga olishga chaqirdi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Myanmadagi to‘qnashuvlarga izoh berar ekan, Vladimir Putin Rossiya va Misr har qanday zo‘ravonliklarga qarshi ekanligi va Myanma hukumati vaziyatni nazoratga olishga chaqirilganligini bayon etdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bejensi peresekayut granitsu Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Myanmadagi vaziyat yuzasidan jiddiy xavotir izhor qildi

"Matbuot xizmati Myanmadagi voqealarni baholash bo‘yicha Misr bilan hamkorlikdagi bayonotimizni chop etishi kerak edi. Biz har qanday zo‘ravonliklarga qarshimiz va ushbu davlat hukumatini vaziyatni nazoratga olishga chaqiramiz", — dedi Putin Xitoydagi BRIKS sammiti matbuot anjumanida.

Kuni kecha Turkiya prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘on Myanmadagi roxinya musulmonlari bilan yuz bergan inqirozni Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 20 ta musulmon davlat rahbarlari bilan muhokama qilganligi haqida xabar bergan edik. Turkiya Myanmadagi inqiroz masalasini BMTning Bosh Assambleyasiga muhokama qilish uchun olib chiqmoqchi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston TIV Myanmadagi qurolli nizolar faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta davomida Myanma hukumat kuchlari va roxinya musulmon jangarilari bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0