Mirziyoyev va Nazarboyev muhim hujjatlar imzoladilar

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarbayev 16-17 sentabr kunlari O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘ldi.

Nursultan Nazarbayevning davlat tashrifi davomida o‘ndan ortiq muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida, savdo-iqtisodiy, harbiy va o‘ta muhim bo‘lgan suv manbaalaridan foydalanish haqidagi shartnomalar bor.

"O‘rtamizda hal etilmagan masala qolmadi", — dedi muzokaralar so‘nggida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga.

Respublika rahbarlari oxirgi 9 oy davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida tovar ayrboshlash darajasi keskin o‘sganini ham qayd etishdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘z hamkasabasini ikki davlat orasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli "El-yurt Xurmati" ordeni bilan mukofotladi.

Yangiliklar lentasi
0