Mirziyoyev va Nazarboyev o‘ndan ortiq hujjat imzoladilar

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatlar hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalariga asos bo‘ladigan hujjatlar ham qabul qilindi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston — Qozog‘iston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti axborot xizmati.

Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot imzoladilar.

Shuningdek, Davlat chegaralari o‘tkazish punktlari va avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi, suvga oid munosabatlar sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi, energetika sohasidagi hamkorlikning ba’zi masalalari to‘g‘risida bitim, Harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati bilan "Qazaqstan temir joli" Milliy kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitimga imzo chekildi.

Dvores Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 2018-yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qizilo‘rda viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Qozog‘iston Respublikasi Aktobe viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, Jizzax viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan "Kazinform" xalqaro axborot agentligi o‘rtasida memorandum imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0