TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida AQSh prezidenti Donald Tramp BMTni to‘liq isloh qilish taklifini o‘rtaga tashladi. AQSh yetakchisining bu taklifini tashkilotga a’zo 193ta davlatdan 128tasi qo‘llab-quvvatladi.
2017 yil Assambleya yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Tramp Qo‘shma Shtatlar islom terrorchiligini to‘xtatishini ma’lum qildi.
Quyida AQSh prezidenti nutqidan iqtiboslarni keltirib o‘tamiz
Amerika do‘stlik tarafdori
"Vashington boshqa davlatlar bilan urushish emas, balki do‘st bo‘lish tarafdori", — dedi Amerika prezidenti.
Tramp shuningdek, hamisha Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yishini ma’lum qildi.
"AQSh prezidenti ekanman, Amerikani har doim birinchi o‘ringa qo‘yaman, xuddi sizlar singari, o‘z davlatlaringiz yetakchisi sifatida mamlakatingizni hamisha birinchi o‘ringa qo‘yasiz va doimo shunday bo‘lishi kerak", — deb ta’kidlagan Tramp.
Oq uy rahbarining bu bayonoti zalda gulduros qarsaklar bilan qabul qilindi.
"AQSh Shimoliy Koreyani yo‘q qilib tashlaydi"
Agar KXDR Qo‘shma Shtatlarga tahdid qiladigan bo‘lsa, AQShning uni yo‘q qilib tashlashdan boshqa chorasi qolmaydi", — dedi Tramp BMT minbaridan urib.
"AQSh o‘ta sabrli, AQSh kuchli, lekin bizni o‘zimizni himoya qilishga yoxud ittifoqdoshlarimizni himoyalashga majbur etishsa, bizning Shimoliy Koreyani to‘laligicha yo‘q qilib tashlashdan boshqa choramiz qolmaydi. Raketa-odam (Kim Chen In) o‘zi va o‘z rejimi uchun "o‘z joniga qasd qilish" missiyasini bajarmoqda. AQSh (KXDRni) yo‘q qilishga tayyor, shuni istaydi va shunga qodir, ammo biz bu talab etilmaydi, degan umiddamiz", — degan AQSh prezidenti.
Trampning Kuba haqida deganlari
AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni "Kuba hukumati mamlakat zarur islohotlarni amalga oshirmasa, AQSh bu davlatga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmaydi", — deb aytdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kubadagi korrupsiya botqog‘iga botgan va notinch rejimga qarshilik ko‘rsatmoqda va kubaliklarning erkin hayot haqidagi orzularini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. "Mening ma’muriyatim yaqinda menga to Kuba fundamental islohotlarni amalga oshirmas ekan, bu mamlakatdan sanksiyalar bekor qilinmasligini ma’lum qildi", — deb bayonot qilgan Tramp BMTning 72 Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi davomida.
Shuningdek, o‘z nutqi davomida Amerika prezidenti BMTning barcha a’zolari "Ukrainadan tortib Janubiy-Xitoy dengizigacha" bo‘lgan davlatlar suverenitetini himoya qilishlari lozim, deb aytdi.
"Biz huquq, chegara va madaniyatga doir hurmatni qo‘llab-quvvatlashimiz va tinch-totuv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz lozim", — deb ta’kidlagan Tramp.