Trampning BMTni isloh qilish haqidagi deklaratsiyasini 128ta davlat imzoladi

Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘zlariga ko‘ra, BMT qog‘ozbozchilik va noto‘g‘ri boshqaruv tufayli o‘z salohiyatini to‘liq rivojlantirolmagan. "AQSh yirik donor sifatida kerakli natijalarni ko‘rmayapti, shu bois biz tashkilot isloh qilinishi tarafdorimiz", - deb bayonot qilgan Tramp

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. AQSh tomonidan taklif qilingan BMTni isloh qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyani 193ta davlatdan 128tasi imzoladi, deb aytgan Sputnik agentligiga Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi
"Biz bunday bo‘lishini kutmagandik, natija fantastik bo‘ldi", — deb ta’kidlagan Xeyli tashkilotni isloh qilish to‘g‘risidagi forum ochilishi marosimida.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti va tashabbus muallifi Donald Trampning ta’kidlashicha, BMT qog‘ozbozchilik va noto‘g‘ri olib borilgan menejment tufayli o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmadi.

"Biz sarflayotganimizga yarasha natijani ko‘rmayapmiz… Bizga butun dunyo bo‘ylab insonlar ishonchini tiklaydigan BMT kerak. BMT o‘tmishdagi ishlamaydigan usullar asiri bo‘lmasligi lozim", — deb qo‘shimcha qilgan u.

Tayyorlangan deklaratsiya o‘nta punktdan iborat. AQSh hujjatda turli sohalarda ishlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun BMT tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritishga chaqirgan. Qo‘shma Shtatlarga ko‘ra, bunga eng avvalo, tashkilot xodimlari shtatini qisqartirish orqali erishish kerak.

Tramp bundan avval ham tashkilotni bir necha marotaba tanqid qilgan va BMT g‘aznasiga mablag‘larning eng katta qismi Amerika budjetidan kelib tushishini qayd etgan.

Rossiya pullari - Sputnik O‘zbekiston
BMT: 2017-yilda MDH iqtisodiyotida o‘sish kutilmoqda
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington tomonidan BMT dasturlari uchun tashkilotning boshqa a’zolariga nisbatan bir necha marotaba ko‘p — yiliga o‘n milliardga yaqin — mablag‘ning sarflanishi adolatsizlikdir.

Rossiya taklif etilgan islohotga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskva ushbu hujjatni imzolamasligi mumkin, degan fikrni bildirib o‘tdi. "BMT islohotini birgina deklaratsiya bilan amalga oshirish yoki bu yo‘l bilan BMTni o‘zgartirishning iloji yo‘q", — deb ta’kidladi u.

Nebenzaga ko‘ra, tashkilotni hukumatlararo jarayon orqali isloh qilish lozim.

Yangiliklar lentasi
0