TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasidagi chiqishini Sputnik saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
Bevosita translyatsiya Sputnik O‘zbekiston saytida va Facebookdagi sahifasida 19-sentabrdan 20-sentabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida hamda o‘zbek-amerika biznes forumida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka keldi.
Bundan tashqari, u BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Butunjahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim, BMT Bosh assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashadi hamda muzokaralar o‘tkazadi.
BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasi 12-sentabr kuni ochildi. 19-25 sentabr kunlari Bosh assambleyada oliy darajadagi umumsiyosiy muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda 200ga yaqin mamlakat, hukumat va tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari ishtirok etadi.