Toshkent IIB eng ko‘p tarqalgan firibgarliklar haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Tutov / Mediabankka o‘tishZaderjanniy prestupnik
Zaderjanniy prestupnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni saqlash organlari fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va o‘z mablag‘larini notanish kimsalar qo‘liga tutqizmaslik haqida ogohlarntirdi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistonda firibgarlikning eng ko‘p tarqalgan turi, bu — plastik kartadagi pullarni naqd pulga aylantirib berish, kommunal xizmatlar haqini to‘lab berish hamda fol ochish va kelajakni aytib berish kabi ishlar, deb xabar qilmoqda nuz.uz.

"Bugungi kunda shaharda qotillik, zo‘rlash kabi og‘ir jinoyatlar soni kamaygan, lekin firibgarliklar soni oshgan. Ushbu munosabat bilan biz fuqarolar yig‘inlari vakillari, domkomlar bilan  suhbat oli bormoqdamiz. Ularga qanday qilib firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslikni o‘rgatamiz. Ular esa o‘z navbatida buni o‘z mahalla va uylari aholisi e’tiboriga yetkizishi kerak. Undan tashqari xodimlarimiz uyma-uy yurib aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishmoqda", — dedi MIrzo Ulug‘bek tumani IIB Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Baxrom Begaliyev.

Shundan so‘ng tergov qo‘mitasi boshlig‘i shu kunlarda Toshkentda avj olgan firibgarlikning bir necha turlarini sanab o‘tdi.

Eng ko‘p sodir bo‘ladigan qalloblik, bu — plastik kartadagi pullarni naqd pulga aylantirib berish sohasida ekan. Odatda firibgarlar plastik kartadan katta miqdorda pullarni naqd pulga aylantirib berishni va’da berar,  keyin esa karta va pulni olib g‘oyib bo‘lishar ekan.

Oformlenie i vidacha biometricheskix zagranichnix pasportov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Rossiya fuqaroligini olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Boshqa fuqarolar esa, folbin, tabib va shu kabi  afsungarlarga murojaat  qilishar va ularga katta miqdorda pul to‘lashar ekan. Ekstrasenslar ko‘p hollarda oddiy tovlamachi bo‘lib chiqar ekan. Fuqarolar uchun esa IIBga murojaat qilishdan boshqa yo‘li qolmas ekan.  

Keng tarqalgan firibgarlikning yana bir turi bu — o‘qishga yo ishga kiritib qo‘yishni va’da berish ekan. Bunday hollarda firibgarlar pulni olib g‘oyib bo‘lar, qurbonlar esa hatto IIBga murojaat qilishga qo‘rqishar ekan, chunki nafaqat pora olgan, balkim pora bergan kishi ham qonun oldida aybdor hisollanadi.

Pul undirish maqsadida firibgarlar o‘zlarini IIB yoki prokuratura xodimlari deb tanishtirar va pasport yoki haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirish, xorijga chiqish stikeri olish, propiskaga qo‘yish, avtomobilga davlat raqami olib berish, jinoiy ishni to‘xtatish yoki qamalgan kishini chiqarish kabi xizmatlarni taklif qilishar ekan.

Ayrim toifadagi fuqarolar uchun chet elga chiqish man qilinishi munosabati bilan, ushbu "muammoni hal qilib beradigan" firibgarlar paydo bo‘lgan. Lekin jinoyatchilar faqat pulni oladi-yu, keyin g‘oyib bo‘ladi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Aeroportda yo‘lovchilarni chuv tushirib kelgan firibgar-haydovchi qo‘lga olindi

Qallablik keng tarqalgan yana bir soha bu — kommunal xo‘jalik to‘lovlari sohasidir. Fuqarolarni firibgarlardan tashqari haqiqatdan ham ushbu sohada ishlaydigan xodimlar ham aldash hollari kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda jinoyatchilar yakka qolgan nafaqaxo‘rlar, yoki yosh bolali yolg‘iz ayollarni aldashi mumkin. Odatda, kommunal xo‘jalik xodimlariga hamma uy eshigini ochib beradi. Jinoyatchilar esa qulay fursat poylab o‘g‘irlik ham qilish mumkin.

Shuningdek, nozirlar to‘lov pattasi berilganidan keyin, to‘lov haqidagi ma’lumotlarni bazadan o‘chirib yuborgan va oqibatda fuqarolarda qarz paydo bo‘lgan. Yolg‘ondakam nozirlar esa, pulni olib qalbaki kvitansiya beradi va g‘oyib bo‘ladi. Shu sababdan huquqni saqlash organlari fuqarolardan to‘lovlarni bank orqali amalga oshirishni so‘raydi.

"Qora rieltorlar" esa boshqa shahardan kelganlarga sotiladigan arzon uy yoki hovli uchun joy taklif qiladi. Hamma kelishuvlar og‘izaki bo‘lgani to‘fayli bunday bitimlar oxiri voy bilan tugaydi.

Avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
IIBB: firibgarlar odamlarga "Orlando" va’da qilishga o‘tdi

Poytaxtda bir necha fermerlar o‘z yerlaridan uy uchun joy ajratib berishni va’da bergan bo‘lib, bitim faqat og‘izaki bo‘lgan, qog‘ozda rasmiylashtirilmagan. Natijada quribbitkazilgan uy fermer xo‘jaligining mulkiga aylangan.

Shuningdek, qalbaki oltin bezaklar sotish holatlari ham ko‘paygan. Jabrlanuvchilar arzimagan taqinchoqlarni katta pulga sotib olganlarini payqagan vaqtda jinoyatchilar allaqachon g‘oyib bo‘lgan bo‘ladi.

Ko‘p hollarda odamlar mablag‘larini yaxshi joyga joylashtirib, doimiy daromad olib terishni orzu qilishadi. Bundan foydalangan firibgarlar esa moliya piramidalari tashkil qiladi. Undan tashqari ayrim fuqarolar virtual birjalarda yoki boshqa qimor o‘yinlariga pul tikish holatlari ham uchrab turibdi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, IIB tergovchilari fuqarolarni hushor bo‘lishga chaqiradi.

Yangiliklar lentasi
0