IIBB: firibgarlar odamlarga "Orlando" va’da qilishga o‘tdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobillar
Avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Orlando" olishni orzu qilgan toshkentlik ayol 10 ming dollar pulini firibgar qo‘liga tutqazdi

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Toshkentda avtomobil firibgarligi holati qayd etildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 53ta mashinani ijaraga olib sotib yuborgan firibgar qo‘lga olindi
Xabarga ko‘ra, 2016-yilning 19-avgustida Ikromov Doniyor(ismlar o‘zgartirilgan) ismli shaxs Yunusobod tumani hududida fuqaro Xudaybergenova Faridaning ishonchiga kirib, unga ikki oy davomida "Orlando" avtomobilini olishda yordam berishni va’da qiladi. Va bu "xizmati" evaziga ayoldan 10 ming AQSh dollari miqdorida pul oladi.

"Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0