Aeroportda yo‘lovchilarni chuv tushirib kelgan firibgar-haydovchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, firibgarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB saytida aeroportda yo‘lovchilarni kutib olgan va avval boshqa narx aytib, manzilga yetib borgach boshqacha — yanayam kattaroq narx talab qilgan firibgar qo‘lga olinganligi haqida xabar berildi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 7000 dollarni o‘zlashtirishni mo‘ljallagan firibgar ushlandi
Xabarda aytilishicha, 2017-yilning 20-iyun Nuriddin Nizamov(ism-shariflar o‘zgartirilgan) fuqaro Xojiakbar Umirovning ishonchiga kirib, unga 100 Rossiya rubli evaziga o‘zining "Neksiya" rusumli avtomashinasida aeroportdan Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" metro bekatiga olib borib qo‘yishni va’da qiladi.

Biroq aytilgan manzilga kelganlaridan so‘ng, Umarovga har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun 100 Rossiya rublidan to‘lanishini tushuntirib, aldov yo‘li bilan undan uch ming uch yuz Rossiya rublini olib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0