Yangi bog‘chalar davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishDeti i vospitateli detskogo sada
Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eski tizim o‘zini oqlamadi. Davlat va xususiy sheriklik asosida quriladigan yangi bog‘chalar esa zamonaviy va hammabop bo‘ladi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 9  sentabr kuni imzolagan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra yaqin yillar ichida bolalar bog‘chalarini katta o‘zgarishlar kutmoqda.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘cha-maktablarga mo‘ljallangan ko‘mirni muntazam o‘g‘irlab kelgan rahbar qo‘lga olindi

Bunga sabab – bugungi kunda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘plab muammolarning mavjudligi va umuman ushbu tizimning eskirganligidir.

Eski tizim o‘zini oqlamadi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. 

Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi.

Bolalar bog‘chasi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bolalar bog‘chasi masalalarini hal etishni rejalashtirgan

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy ta’minoti va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda. 

Yangi bog‘chalar — davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

2018 yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishladi.

maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun: investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50-yil muddatga beg‘araz ajratish, soliq imtiyozlari imtiyozli kreditlar va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi. 

Investorlar esa davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilishi, mas’ul bo‘lishi talab qilinadi.

Bog‘chalardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash qoidalari o‘zgartirildi

Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. 

Muammolarni maxsus  komissiya hal qiladi

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dastur: ota-onalarga - qo‘llanmalar, bolalarga - bog‘chalar

Undan tashqari, nodavlat maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu sohada  57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda. Sohani moliyalashtirish uchun 2016-yilda Davlat budjetidan 1,6 trillion so‘m ajratilgan. 

Yangiliklar lentasi
0