Mirziyoyev bolalar bog‘chasi masalalarini hal etishni rejalashtirgan

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBolalar bog‘chasi
Bolalar bog‘chasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonda 5048 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 4916 tasi davlat, 132 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida davlatga qarashli 1 million 109 ming o‘rinli 2 ming 200 ta bolalar bog‘chasini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash masalalarini hal etish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zLiDeP matbuot xizmati.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 5048 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 4916 tasi davlat, 132 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi. Mazkur ta’lim muassasalarida 668,5 ming nafar bola tarbiyalanmoqda. Bu 2-7 yoshdagi jami bolalarning 26,5 foizini tashkil qiladi.

Xususiylashtirilgan bog‘chalarga 5715 nafar bola qatnamoqda. Ushbu ta’lim maskanlarida  55 mingdan ortiq pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

O‘zbekistonda oxirgi yillarda har yili 1 millionga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Yangi ishga joylashganlarning aksariyatini esa ayollar tashkil etmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan ularning farzandlarini bog‘chalarga joylashtirish zaruratini tug‘dirmoqda.

Bog‘chalardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash qoidalari o‘zgartirildi

"Shuning uchun ham Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning  saylovoldi dasturida ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lgan maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi "Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun" tamoyilini izchillik bilan hayotga tatbiq etish ustuvor vazifa deb belgilangan", — deyiladi xabarda.

Xususan, davlatga qarashli 1 million 109 ming o‘rinli 2 ming 200 ta bolalar bog‘chasini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash masalalarini hal etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0