Bog‘chalardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash qoidalari o‘zgartirildi

Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov har oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Avvalgi tahrirda esa bu oyning 10 sanasiga qadar qilib belgilangan edi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Xalq ta’limi va Moliya vazirliklarining qo‘shma qarori  bilan yangi "Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda darakchi.uz.

"Yangi nizom tasdiqlangani munosabati bilan ilgari amalda bo‘lgan 2008-yil 13-fevraldagi "Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi", — deyiladi xabarda.

Yangi tartibga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov har oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Avvalgi tahrirda esa bu oyning 10 sanasiga qadar qilib belgilangan edi.

Shuningdek, oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lov bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

To‘lov vaqtida to‘lanmasa…

Ilgarigidek, to‘lovning belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmasligi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0