Yangi qonun "18+": barcha axborot mahsulotlari bolalar yoshiga oid tasniflanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishShShkolniki na uroke informatiki s planshetnim kompyuterom v rukax
ShShkolniki na uroke informatiki s planshetnim kompyuterom v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda OAV, kino, teatr va adabiyotlar uchun u bilan tanishish mumkin bo‘lgan bolalar yoshi toifalariga qarab, "0+", "7+", "12+", "16+"va "18+" belgilari bilan belgilanadi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik.  Kecha 9-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida" qonunni imzoladi.

Rossiyada spinner o‘yinchog‘ining bolalar uchun xavflilik darajasi tekshirib chiqiladi

Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari, kino va teatr, adabiyotlar, internet va umuman barcha axborot manbaalarida berilayotgan ma’lumotlar ekspertizadan o‘tkazilib, u bilan tanishishi mumkin bo‘lgan bolalar yoshi nuqtayi nazaridan tasniflanishi kerak bo‘ladi.

Faqat ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni o‘z ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy kimmatga ega bo‘lgan axborot ushbu qonunning ta’siri ostiga tushmaydi.

Yangi qonunning asosiy maqsadi — bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish va ushbu sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflash:

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi, muayan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari hamda undagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.

Axborot quyidagi toifalarga muvofiq tasniflanishi mumkin:  "0+", "7+", "12+", "16+"va "18+".

Deti chitayut knigi domashnim pitomsam. Proyekt KniGAV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarga bepul kitoblar to‘plami tarqatiladi

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan ekspertlarni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash

Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti, shuningdek muayan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti kiradi.

Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti jumlasiga (18+):

bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti- harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;

bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;

Kompyuter xavfsizligi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarni zararli axborotlardan himoya qiladigan yangi qonun ishlab chiqilmoqda

odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti- harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;

oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib kiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;

g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;

jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;

uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;

pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;

Muayan yoshdagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborotlar:

shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;

bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida takdim etiladigan;

erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida takdim etiladigan;

Maktablardagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘riqlash xizmati bolalar xavfsizligini ta’minlashga shay, biroq...

uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so‘zlarni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.

Alohida toifada

G‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota- onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari, bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.

Qonun ijrosini kim ta’minlaydi?

Qonunning ijrosini ta’minlovchi bosh organ  — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

Bolalarni himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar:

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar idoralararo komissiyalari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;

davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari.

Yangi qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0