TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati (Rospotrebnadzor) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ohirgi vaqtlarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan spinner o‘yinchog‘ining xavflilik darajasi tekshirib chiqiladi, deb xabar qildi RIA-Novosti.
"O‘qituvchilar va ota-onalarning tashvishini inobatga olgan holda, Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati ilmiy-tadqiqot markazlari bilan birgalikda spinnerlarni bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘iga ta’siri, shu jumladan o‘yinchoq yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari o‘rganib chiqiladi"- deb xabar qildi Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bolalarga spinnerlarni sotib olmoqchi bo‘lgan ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan o‘yinchoqlarni qo‘ldan sotib olmaslik hamda ularni o‘tkir kimoviy hid chiqarishiga va o‘yinchoqdan baland tovush chiqishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi haqida tavsiya berilgan.
Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati ta’kidlanishicha, maxsus nur tarqatuvchi elementlar va kichik quvvatlagichli elementlardan yasalgan spinner o‘yinchoqlarini maktabgacha bo‘lgan bolalar tomonidan foydalanishi katta yoshdagilar tomonidan alohida nazoratga olinishi lozim. Chunki, bolalar o‘yinchoqning mayda qismlarini yutib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, spinner — barmoqlar uchun trenajer, hozirgi vaqtda bolalar va o‘smiralar orasida juda ommabop bo‘lib ketdi.
Spinner podshipnikdan iborat bo‘lib, barmoqlar bilan aylantirish natijasida harakatlanadigan o‘yinchoqdir. Uning yordamida turli epchillik bilan truklarni ham bajarish mumkin.
O‘yinchoqning alohida detallari shunday ishlanganki, ular spinnerning maksimal darajada aylanishini ta’minlaydi.