Nazarbayevning nabirasi: Meni giyohvandlikdan Olloh va bobom asrab qoldi

© FacebookVnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan
Vnuk prezidenta Kazaxstana Nursultana Nazarbayeva Aysultan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarbayevning nabirasi qanday qilib giyohvand bo‘lib qolganini va qanday yana hayotga qaytganinni hikoya qilib berdi.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbayevning nabirasi Aysultan Nazarbayev Facebookda o‘zining kichik hikoyasini aytib berdi.

“Ijtimoiy tarmoqlar ba’zilar uchun yolg‘onchilik maskani aylangan: odamlar muvaffaqiyatli kishilar niqobini kiyib, tashqi ko‘rinishlarini chiroyli qilib, birovlarning so‘zlarini o‘zlariniki deb ishlatadilar. Bundaylar shu holatni haqiqiy hayot deb tushunishadi.

Nosvoy - Sputnik O‘zbekiston
IIBB havotirda: nosga narkotik qo‘sha boshlashdi

Lekin mening fikrim boshqacha: Ijtimoiy tarmoqlar inson hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi,  ular dunyoni ochiq maydonga aylantirib, barcha uchun unda ishtirok etishi uchun imkon yaratdi. Internet – projektor kabi barcha haqiqatni bir kun ochib beradi. Faqat axmoqlargina yangi dunyoda biror narsani yashirishga urinadi.

Men eng boshidanoq hamma narsani ochiqchasiga aytish uchun Facebookda sahifa ochganman. Hayotda mingta muammo bo‘lishi mumkin, lekin yolg‘on – eng xavfli qopqon. Undan qutilish ko‘pchilik uchun juda mushkul. Mening hayotimda ham o‘ta jiddiy kasallikdan davolanish ga to‘g‘ri keldi. Sizni va yaqinlaringizni bunday musibatdan Ollohning o‘zi asrasin. 

Mening bobom, akademik Muxtor Aliyev vafot etganidan bir yarim oy o‘tib Avstriya qamoqxonasida otam Rohat Aliyev o‘z joniga qasd qildi. Hayot menga birdaniga ikki qaqshatqich zarba berdi. Barcha erkatoy Aysultan deb bilgan yosh yigit o‘sha vaqtlarda dunyodagi eng ezilgan odam edi.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Spays narkotik moddaga tenglashtirildi

Meni butun oilamiz qo‘llab-quvvatlashga harakat qilardi. Bobom Nursultan Nazarbayev esa alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. U kishi kun davomida 17 mln aholining muammolarini hal qilsa, kechqurun barcha diqqatini menga qaratar edi.. Men esa o‘sha vaqtlarda u kishi men uchun qancha kuch-g‘ayrat sarflayotganini tushunmas edim va hayotimda eng katta axmoqlikka yo‘q qo‘ydim. Men o‘zimni tinchlarntirish uchun giyohvand moddalardan najot izlay boshladim.

Giyohvandlik – bu jamiyatning katta muammosi va insonning haqiqiy kasalligi. Boshida dunyo yorqin va rangba-rang bo‘lib ko‘rinadi va oldinda  faqat yaxshi ishlar turganga o‘xshaydi. Lekin bu faqat boshida. Tez orada narkotiklar inson tanasining barcha a’zolariga ta’sir qiluvchi jarayonlarni ishga soladi, jiddiy kasallik paydo bo‘ladi. Kim bu yo‘lda chuqurlashib ketsa, u – albatta o‘ladi. Bu zahar, albatta, hech qachon ko‘ngilni davolamaydi.

Oilada giyovand a’zo paydo bo‘lsa, birinchi navbatda uning barcha a’zolarida qo‘rquv paydo bo‘ladi. Endi nima bo‘ladi? Ishxonadagilar nima deydi? Qo‘shnilar nima deydi? Mana shu qo‘rquv eng mustahkam aloqalarni ham buzib yuborishi mumkin. Shu qo‘rquv insonning umidini uzib, yolg‘izlab qo‘yishi mumkin.

Qo‘lga olingan narkotik sotuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
MXX Tojikistondan narkotik keluvchi ikki "kanal"ni fosh etdi

Mening oilamda ham dastavval qo‘rquv paydo bo‘ldi. Lekin, Ollohga shukur, men bir ishni to‘g‘ri qildim — men hammasini ochiqchasiga buvamga aytib berdim. Balkim boshqa prezident bo‘lganda bunday vaziyatda muammoni yashirishga, undan uzoqroq bo‘lishga harakat  qilgan bo‘lardi, lekin Nursulton Nazarbayev emas. Bobom men uchun haqiqiy ota vazifasini bajardi. U “Menga aytib yaxshi ish qilding. Bu og‘ir kasallik, lekin sen unga duch kelgan birinchisi ham oxirgisi ham emassan. Uni yengish uchun sening kuching yetadi”, dedi.

Men bobomga ushbu kasallikni yengib, yomonlikni yaxshilikka aylantirishni va’da berdim. Bobom xotirjamlik bilan “Aysultan doimo bergan va’dasining ustidan chiqadi”, — dedi. 

Shu yo‘l bilan bobom meni hayotimni saqlab qoldi. Aslida u meni ikki marotaba saqlab qolgan, lekin birinchi bor men buni tushunmagan ekanman, lekin endi yaxshi tushundim. Oila a’zolarim ham meni qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Bu juda muhim.

Narkotik moddalarni yo‘q qilish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 20-yil davomida 60 tonnadan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Giyohvandlikni faqat iroda bilan yengib bo‘lmas ekan. Bu kasallikka qarshi dori ham yo‘q. Meni bu haqida yozishga majbur qilgan narsa, bu giyohvandlik qancha odam va qancha oilalarning umriga zomin bo‘layotganidir. Men ushbu kasallikdan qutilish yo‘li borligini bilaman va uni dunyodagi barcha bilan baham ko‘rmoqchiman.

Axir mening misolim biror bir maktab o‘quvchisini “tatib ko‘rish”dan to‘xtatib qolsa, biror oilani atrofdagilar oldidagi qo‘rquvdan saqlab qolsa yo hech bo‘lmasa bir kasalga tuzalish yo‘lini ko‘rsatsa – demak men bekorga yashamayotgan bo‘laman.

Men bu balodan qutilish yo‘lini topdim – menga Olloh yordam berdi. Giyohvanlik haqida tasavvurgan ega bo‘lgan kishi men nima haqida gapirayotganimni yaxshi biladi deb o‘ylayman. Bu baloga chalinishda aybdorlar yo‘q, faqat vaziyat qurbonlari bor deb hisoblayman. Giyohvandlikka qarshi kurashish kerak, lekin giyohvandlarga qarshi kurash – bu jinoyat. Bunga mening ishonchim komil. 

Giyohvandik har yili millionlarb kishilarning umriga zomin bo‘lmoqda. Ba’zilar giyohvandlik hayot erkalarini, boyvachchalarni o‘z domiga tortadi deb hisoblaydi, shuning uchun ko‘pchillikning giyohvandlarga rahmi ham kelmasligi mumkin. Lekin aslida bunday emas, giyohvandlik qo‘li yetgan har bir kishini o‘z domiga tortib ketadi.

O‘zbekistonda tabletka giyohvandligiga ruju qo‘yganlar ko‘paymoqda

Men ushbu yo‘lda biror foydali ish qila olishga umid qilaman. Hozir giyohvandlikka qarshi kurash uchun xayriya jamg‘armasi ochish haqida ham o‘ylayapman. Ayni damda menga ushbu ishda yordam bera oladigan malakali mutaxassislarni izlayapman. Ushbu kasalga chalingan har bir kishiga yordam berishga harakat qilaman, chunki men ularni tushunaman.

Bu yo‘lda eng asosiysi, kishi o‘zining yolg‘iz emasligini his qilish, u birinchi ham oxirgi ham emasligini tushunish va bu balodan qutilishning iloji borligini bilishdir. Hozirgi zamonda giyohvandlar muammosini hal qilish uchun katta tajriba orttirilgan. Men ushbu xayrli ishning boshida turgan va bugungi kunda dunyodagi barcha giyohvandlarga umid bag‘ishlayotgan xalqaro Narcotics Anonymous tashkilotiga ham minnatdorlik bildirmoqchiman.

Men uchun o‘z-o‘zim bilan bo‘lgan ushbu jang, eng og‘ir jang bo‘ldi. Mening oldimda ikki yo‘l bor edi: bo‘shashish, yengilish va jimgina o‘lib ketish yoki bor kuchimni bir joyga to‘plab yashash uchun kurashish va g‘alaba qozonish.”

Yangiliklar lentasi
0