O‘zbekistonda 20-yil davomida 60 tonnadan ortiq narkotik modda musodara qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNarkotik moddalarni yo‘q qilish
Narkotik moddalarni yo‘q qilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan 20-yil davomida giyohvand modda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xomashyo bazasi amalda deyarli yo‘q qilingan

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari 1996-2016 yillar davomida 60 tonnadan ortiq narkotik moddalarni musodara qildilar, deb xabar bermoqda RIA Novosti mamlakat Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotiga tayanib.

"1996-2016 yillar davomida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 174 mingdan ortiq giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi, 61 tonnadan ortiq giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi", — deb xabar berildi markaz tomonidan 20-yillik faoliyat natijalariga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan taqdimot marosimida.

Markazning ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda o‘tgan 20-yil davomida giyohvand modda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xomashyo bazasi amalda deyarli yo‘q qilingan.

"Agar 1996-yilda huquq tartibot organlari tomonidan 4,7 gektar giyohvand modda saqlovchi o‘simliklar maydoni aniqlanib yo‘q qilingan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich 0,3 gektargacha qisqardi", — deb ma’lum qildi  NMNMATM.

Xorazmda giyohvandlar to‘dasi qo‘lga tushirildi

Markazning ma’lumot berishicha, o‘tgan 20-yil mobaynida 4 mingdan ortiq mutaxassislar jumladan xalqaro loyihalar doirasida xorij mamlakatlarida malaka oshirdilar. Huquqni muhofaza qilish organlari umumiy qiymati 52 million dollarlikdan ortiq maxsus texnika va uskunalar, avtotransport, nazorat, tekshiruv va aloqa vositalari, kompyuter hamda orgtexnika jihozlari bilan ta’minlandilar.
NMNMATM O‘zbekiston hukumatining 1996-yil 7-noyabrdagi qarori bilan narkotik moddalarni  nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi sifatida tashkil etilgan.

O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan Rossiyaga va undan Yevropa mamlakatlariga afun va geroin olib o‘tiladigan "shimoliy yo‘nalish" deb nomlanuvchi dunyodagi eng yirik narkotrafik o‘tadi. Ma’lumotlarga qaraganda, u orqali yiliga 100 tonnagacha kuchli ta’sir qiluvchi narkotik moddalar olib o‘tiladi.

Yangiliklar lentasi
0