MXX Tojikistondan narkotik keluvchi ikki "kanal"ni fosh etdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishQo‘lga olingan narkotik sotuvchisi
Qo‘lga olingan narkotik sotuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘oziyevning Urgut tumanidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yerto‘ladan noma’lum modda solingan o‘nta o‘ram topilgan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati giyohvandlikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirlar natijasida Tojikistondan giyohvand moddalar olib o‘tiluvchi ikkita "kanal"ga to‘siq qo‘yildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri MXX matbuot xizmatiga tayanib.

Olingan tezkor ma’lumotlarga qaraganda, Tojikiston fuqarosi Ibrohim Haydarov yirik miqdorda giyohvandlik vositalarini sotish uchun O‘zbekistonga olib kirishni rejalashtirgan. U bu maqsadda asli tojikistonlik, hozirda O‘zbekiston fuqarosi Hakimxon G‘oziyev bilan jinoiy til biriktirgan.

Xaltalardagi afun - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda giyohvand modda sotuvchi yirik guruh a’zolari sudlandi

MXX xodimlari Haydarov tunda tojik-o‘zbek chegarasidan noqonuniy o‘tib, giyohvandlik moddalarini G‘oziyevga yetkazganini aniqlashdi. Maxsus operatsiya natijasida ularning har ikkisi qo‘lga olindi. G‘oziyevning Urgut tumanidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yerto‘ladan noma’lum modda solingan o‘nta o‘ram topilgan. Ekspertiza tekshiruvlarida o‘ramlardagi modda og‘irligi 10 kilogrammdan ortiq qoradori ekanligi aniqlandi.

Tojikistondan o‘tuvchi yana bir "kanal" esa Toshkent viloyatida o‘tkazilgan operatsiya natijasida yopildi.

"Poytaxt viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi Sohibnazar Mansurov boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilganda, mashinada 12ta briket topilgan va olib qo‘yilgan. Ularda 11 kilogramm 316 gramm afun va 2 kilogramm gashish bo‘lgan", — deyiladi Milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati tomonidan.

Qo‘shni respublikadan keltirilgan ajal yukini yetkazish tashkilotchisi mashinada bo‘lgan yana bir shaxs — ilgari narkotik savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Bekobod tumanida yashovchi Dilshod Pardaboyev bo‘lgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tergov bo‘linmalari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari tergov qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0